10-modda. Yakuniy qoidalar
Jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 19.06.2008 · Amalda
1. Ushbu Bitim uni kuchga kirishi uchun zarur davlat ichki protseduralari bajarganligi toʻgʻrisida har bir Tomonning diplomatik kanallar orqali oxirgi yozma xabarnomasi olingan sanadan eʼtiboran oʻttizinchi kunda kuchga kiradi.
2. Ushbu Bitim besh yil muddatga tuziladi. Agar Tomonlardan biri diplomatik kanallar orqali Bitimni bekor qilish niyati haqida joriy davri tugaguniga qadar kamida olti oy oldin yozma shaklda xabarnoma yubormasa, uning amal qilishi keyingi besh yillik muddatga oʻz-oʻzidan uzaytiriladi.
Minsk shahrida 2008-yil 19-iyunda ikki asl nusxada, oʻzbek va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega. Ushbu Bitim qoidalarini qoʻllashda va talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelganda rus tilidagi matndan foydalaniladi.
(imzolar)
