9-modda. Yordam koʻrsatish boʻyicha guruhlarning davlat chegarasini kesib oʻtish shartlari va ularning soʻrovchi Tomon davlati hududida boʻlish rejimi
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatini bartaraf etish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 26.04.2007 · Amalda
Yordam koʻrsatish boʻyicha guruhning davlat chegarasini kesib oʻtishi har bir guruh aʼzosining pasport hujjati mavjud boʻlganda davlat chegarasidan oʻtkazish punktlarida amalga oshiriladi.
Yordam koʻrsatish boʻyicha guruh rahbari oʻzining pasport hujjatlari bilan birga chegaraoldi nazorat organlariga taqdim etuvchi Tomonning vakolatli organlari bergan, guruhning yordam koʻrsatish maqsadida ketayotganini tasdiqlovchi hujjatni va guruh tarkibida ketayotgan shaxslar roʻyxatini koʻrsatadi.
Yordam koʻrsatish boʻyicha guruhlarning aʼzolari soʻrovchi Tomon davlati hududida boʻlgan vaqtlarida shu davlat qonunlariga rioya qilishga majburdirlar. Shu oʻrinda ular taqdim etuvchi Tomon davlati yurisdiksiyasi ostida boʻladi.
Chegaradan oʻtkazish tartibi va kinologik guruhlarning boʻlishi har bir alohida holatda soʻrovchi Tomon davlati qonunchiligiga muvofiq belgilanadi.
Yordam koʻrsatish boʻyicha guruhlarning joydan-joyga yurishi ularning asbob-uskunasini va taʼminot materiallarini tashish avtomobil, temir yoʻl, suv yoki havo transportida amalga oshiriladi.
Yordam koʻrsatish uchun transport turlaridan foydalanish tartibini Tomonlarning vakolatli organlari ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organlari bilan kelishilgan holda belgilanadi.
