3-modda. Hamkorlik shakllari
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatini bartaraf etish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 26.04.2007 · Amalda
Ushbu Bitim doirasidagi hamkorlik quyidagilarni koʻzda tutadi:
xavfli texnogen va ekologik jarayonlar, shuningdek tabiat hodisalari monitoringini tashkil qilish va amalga oshirish;
favqulodda vaziyatlarni oldindan aytib berish va ularning oqibatlarini baholash;
aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga, shu jumladan birinchi tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha, tayyorlashni tashkil qilish;
Tomonlar davlatlari ijro etuvchi hokimiyatlarining manfaatdor organlarining favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tugatish boʻyicha bahamjihat harakat qilishlarini muvofiqlashtirish;
favqulodda vaziyatlar natijasida paydo boʻlishi mumkin boʻlgan ifloslanishlarning atrof-muhit va aholiga boʻladigan tahlikaga baho berish;
ilmiy-tadqiqot loyihalarini birgalikda rejalashtirish, ishlab chiqish va amalga oshirish, ilmiy-texnikaviy adabiyot va tadqiqot ishlar natijalarini almashish;
axborot, davriy nashrlar, metodik va boshqa adabiyot, video va fotomateriallar va shuningdek texnologiyalarni almashish;
qoʻshma konferensiyalar, seminarlar, ishchi majlislar, mashq va mashgʻulotlarni tashkil qilish;
qoʻshma nashrlar va maʼruzalarni tayyorlash;
Tomonlar davlatlari oʻquv yurtlarida mutaxassislar tayyorlash, stajorlar, oʻqituvchilar, olimlar va mutaxassislar bilan almashish;
Tomonlar vakolatli organlari oʻrtasida bahamjihat harakat qilishni taʼminlash;
texnika, mulk va aslaha-anjom bilan uskunalashda oʻzaro yordam berish;
favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularning oqibatini bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar rejalashtirish va oʻtkazish;
yirik favqulodda vaziyatlar paydo boʻlishi toʻgʻrisida oʻzaro axborot bilan taʼminlash;
favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf qilishda oʻzaro yordam berish;
favqulodda vaziyatlarni oldini olish va ularning oqibatini bartaraf qilish sohasida Tomonlar vakolatli organlari muvofiqlashtirgan boshqa faoliyat.
