19-modda. Yakunlovchi qoidalar
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatini bartaraf etish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 26.04.2007 · Amalda
Ushbu Bitim cheklanmagan muddatga tuzildi va Tomonlarning davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida oxirgi yozma xabarnomasi olingan muddatda kuchga kiradi.
Tomonlardan biri ikkinchi Tomonning Bitimni bekor qilish toʻgʻrisidagi istagi haqida tegishli xabarnomani olgan kundan 90 kun oʻtib Bitim oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ushbu Bitim oʻz kuchini yoʻqotishi, agar Tomonlar boshqacha kelishuvga erishmagan boʻlsalar, uning doirasida amalga oshirilayotgan, boshlangan, biroq tugatilmagan faoliyatlarga taʼsir qilmaydi.
Toshkent shahrida 2007-yil 26-aprelda, ikki nusxada har biri oʻzbek, ukrain va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar autentikdir.
Ushbu Bitimni qoʻllash va talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda rus tilidagi matn ustuvor hisoblanadi.
(imzolar)
