Qoʻshimcha investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondlarini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (1061-1-son)
10.04.2009
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKINI BOShQARISh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 10-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1061-1]
Oʻzbekiston Respublikasi “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 29-30-son, 278-modda) 63-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi tomonidan 2001-yil 10-avgustda 01/06-16-son bilan tasdiqlangan “Qoʻshimcha investitsiyalar, shu jumladan xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga aksiyadorlik jamiyatlarining ustav fondlarini oshirish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga (2001-yil 10-avgust, roʻyxat raqami 1061) ilovaga* muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 20-mart,
01/23-18/03-son
