28-modda. Amal qilishini toʻxtatish
Ikki yoqlama soliqqa tortilishiga yoʻl qoʻymaslik va daromad soligʻini toʻlashdan bosh tortishning oldini olish toʻgʻrisida · Sana: 24.07.2008 · Amalda
Ushbu Bitimning amal qilishi Ahdlashuvchi Davlatlardan biri tarafidan toʻxtatilmagunga qadar oʻz kuchida qoladi. Xar bir Ahdlashuvchi Davlat Bitim amalga kiritilgan sanadan boshlab istalgan taqvimiy yilning tugashiga loaqal olti oy qolguniga qadar, diplomatik kanallar orqali Bitim amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma berish yoʻli bilan uni toʻxtatishi mumkin.
Bunday holatda Bitimning amal qilishi quyidagicha toʻxtatiladi:
a) Singapur Respublikasi holatida:
xabarnoma topshirilgan yildan keyin keladigan ikkinchi taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki shu sanadan keyin har qanday yil uchun hisoblangan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
b) Oʻzbekiston Respublikasi holatida:
(i) amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma berilgan yildan keyin keladigan taqvimiy yilning birinchi yanvaridan boshlab yoki shu sanadan keyin olinadigan daromad boʻyicha manbadan undiriladigan soliqlarga nisbatan;
(ii) amal qilishini toʻxtatish toʻgʻrisida xabarnoma berilgan yildan keyin keladigan taqvimiy yilning birinchi yanvaridan yoki shu sanadan keyingi har qanday taqvimiy yil uchun undiriladigan soliqlar, boshqa daromad soliqlariga nisbatan.
Tegishli tartibda vakolat berilgan quyida imzo chekuvchilar shunga guvohlik berib, ushbu Bitimni imzoladilar.
Singapur shahrida 2008-yil 24-iyulda ikki nusxada, har biri oʻzbek va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Mazkur Bitim qoidalarini talqin qilishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda ingliz tilidagi matn asos uchun qabul qilinadi.
(imzolar)
