Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida agrosanoat firmalari tashkil etish va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida (107-son)
09.04.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2009-yil 26-yanvardagi PQ-1046-son qarorini bajarish maqsadida va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida” 2009-yil 7-apreldagi PF-4102-son Farmoniga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-martdagi 42-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2006-y., 3-son, 19-modda) bilan tasdiqlangan Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida agrosanoat firmalari tashkil etish va ularning faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 22-bandining birinchi xatboshidagi “3 yil muddatga” soʻzlari “5 yil muddatga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 9-aprel,
107-son
