4-modda.
Chegaraoldi hududlarda fuqarolik maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasining radioxizmatlari tomonidan foydalaniladigan 30.0 — 1000.0 MGts radiochastota polosasidagi radiochastota oʻzlashtiruvlarini muvofiqlashtirish toʻgʻrisida · Sana: 20.03.2006 · Amalda
Tomonlarning vakolatli organlari:
ushbu Bitim doirasida zarur axborot almashuvini amalga oshiradilar;
xalaqitlar paydo boʻlgan holda, ularni aniqlaydilar va chora koʻradilar;
ushbu Bitimni qoʻllash doirasida jarayon mexanizmlarini belgilaydilar va qabul qiladilar, muvofiqlashtirish hududini oʻrnatadilar;
ushbu Bitim doirasida texnik asosda radioxizmatlarning radiochastota oʻzlashtiruvlarini muvofiqlashtirish yoki alohida radiochastota polosalaridan foydalanish boʻyicha bitimlarni tuzishga oid takliflarni Tomonlar davlatlarining milliy qonun hujjatlarida koʻrsatilgan tartibda kiritadilar.
