1-modda.
Chegaraoldi hududlarda fuqarolik maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi va Qozogʻiston Respublikasining radioxizmatlari tomonidan foydalaniladigan 30.0 — 1000.0 MGts radiochastota polosasidagi radiochastota oʻzlashtiruvlarini muvofiqlashtirish toʻgʻrisida · Sana: 20.03.2006 · Amalda
Ushbu Bitim maqsadlarida quyidagi atamalar:
“chegaraoldi hudud” — bir Tomonning davlat radioelektron vositalari boshqa Tomon davlat hududida, televideniye va radioeshittirishdan tashqari, ushbu Bitimda koʻrsatilgan xalaqitlarni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasidagi chegaraning har ikki tomonida kengligi 50 km boʻlgan Tomonlar davlatlarining hududini;
“maxfiy axborot” — radiochastota oʻzlashtiruvlarini muvofiqlashtirish jarayonida ishtirok etayotgan vakolatli davlat organlari bilan ruxsati chegaralangan, Tomonlarning davlat siriga taalluqli boʻlmagan maʼlumotlarni;
“radiochastota oʻzlashtiruvlarini muvofiqlashtirish” — radioelektron vositalarni ishga tushirish va foydalanish uchun ushbu radioelektron vositalarning radiochastota oʻzlashtiruvlari xususiyatlariga muvofiq Tomonlar roziligini olish jarayonini anglatadi.
