9-modda.
Agrosanoat majmuasi sohasidagi hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 10.03.2008 · Amalda
Ushbu Bitim besh yil muddatda tuziladi va Tomonlar uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki protseduralarini bajarganliklari toʻgʻrisida oxirgi yozma xabarnoma olingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Tomonlardan birontasi ushbu Bitimning amal qilishini toʻxtatish niyati toʻgʻrisida tegishli muddat tugashidan kamida olti oy ilgari boshqa Tomonni yozma ravishda xabardor qilmasa, u oʻz-oʻzidan keyingi besh yillik muddatlarga uzayaveradi.
Ushbu Bitimning amal qilish muddati toʻxtatilishi unga muvofiq tuzilgan va hozirgi vaqtga qadar oxiriga yetkazilmagan joriy bitimlar, kontraktlar yoki loyihalarning davom ettirilishiga taʼsir qilmaydi.
Toshkent shahrida 2008-yil 10-martda (Novruz) ikki nusxada, har biri oʻzbek, turkman va rus tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ushbu Bitim qoidalarini talqin qilish maqsadida rus tilidagi matndan foydalaniladi.
(imzolar)
