Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida (223-I-son) · Sana: 26.04.1996 · Kuchini yo'qotgan
Qatnashchilari oʻzlariga tegishli aksiyalarini oʻzga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin boʻlgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi.
Ochiq aksiyadorlik jamiyati oʻzi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna oʻtkazishga va qonun hujjatlarining talablarini hisobga olgan holda ularni erkin sotishga haqlidir.
Ochiq aksiyadorlik jamiyati oʻzi chiqarayotgan aksiyalarga yopiq obuna oʻtkazishga haqli, jamiyat ustavida va qonun hujjatlarida yopiq obunani oʻtkazish imkoniyati cheklab qoʻyilgan hollar bundan mustasno.
Ochiq aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining soni chegaralanmaydi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-6567
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 6-modda. Ochiq aksiyadorlik jamiyati Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida (223-I-son). neolex.uz/uz/laws/law-14667/6 (lex.uz/docs/-6567)