114-modda. Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish institutlari
Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida (223-I-son) · Sana: 26.04.1996 · Kuchini yo'qotgan
Aksiyadorlarning huquqlari:
ushbu Qonunda belgilangan va ustavda nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish orqali emitent (aksiyadorlik jamiyati boshqaruv organlari);
qonun hujjatlariga muvofiq qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari va fond birjalari;
qimmatli qogʻozlar bozori professional ishtirokchilarining koʻngilli birlashmalari;
sugʻurta tashkilotlari;
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi;
auditorlik tashkilotlari;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan himoya qilinadi.
Aksiyadorlar va qimmatli qogʻozlar bozorining boshqa subyektlari oʻrtasida kelib chiqadigan nizolar sud tartibida hal etiladi.
