43-modda. Baholovchining yordamchisi
“Baholash faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida (O‘RQ-208-son) · Sana: 09.04.2009 · Amalda
Baholovchining yordamchisi baholovchining malaka sertifikatiga ega boʻlmagan va baholovchining baholash obyektini baholashdan oʻtkazish bilan bogʻliq topshiriqlarini bajaradigan, baholash obyektini baholash toʻgʻrisidagi hisobotni (bundan buyon matnda baholash toʻgʻrisidagi hisobot deb yuritiladi) hamda baholashni oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa rasmiy hujjatni imzolash huquqiga ega boʻlmagan jismoniy shaxsdir.
Baholovchi yordamchisining mehnat shartlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, baholovchi tashkilot bilan tuzilgan mehnat shartnomasida (kontraktda) belgilab qoʻyiladi.
Baholovchining yordamchisi sifatida ishlangan vaqt baholovchining malaka sertifikatini olish uchun zarur boʻladigan ish stajiga qoʻshiladi”;
4) 12—15-moddalar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
