8-modda. Shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish
Readmissiya toʻgʻrisida · Sana: 04.07.2007 · Amalda
Vakolatli organlar tomonidan mazkur Bitim qoidalarini amalga oshirish jarayonida almashiladigan shaxsiy maʼlumotlar faqat mazkur Bitimning maqsadlari uchun foydalaniladi. Shaxsiy maʼlumotlar faqat vakolatli organlarga beriladi. Vakolatli organlar har bir Tomon davlati qonunchiligiga va ikkala davlat ishtirok etuvchi xalqaro shartnomalarga muvofiq mazkur Bitim asosida olingan shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilinishini kafolatlaydi. Tomonlar olingan shaxsiy maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlaydilar va mazkur maʼlumotlar tegishli boʻlgan Tomonning yozma ravishda oldindan bergan roziligisiz uchinchi tomonlarga bermaydilar. Tomonlar, shuningdek shaxsiy maʼlumotlarni yoʻqolib qolishi, ruxsatsiz tanishib chiqish, oʻzgartish yoki tarqatish kabi holatlardan himoya qilishni taʼminlaydilar.
