6-modda. Tranzit
Readmissiya toʻgʻrisida · Sana: 04.07.2007 · Amalda
1. Soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari soʻrovnomasiga muvofiq, agar soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari ushbu shaxslarga uchinchi davlat hududiga kirishga, bunday davlat tranzit davlati yoki oxirgi yetib borish davlati boʻlishidan qatʼi nazar, ruxsat etishni kafolatlasalar, uchinchi davlat fuqarolariga yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga soʻralayotgan Tomon davlatining hududi orqali tranzit oʻtib ketishiga yoʻl qoʻyadi.
2. Agar Tomonlar davlatlarining vakolatli organlari biron bir muayyan holda boshqacha tartibni kelishmagan boʻlsalar, mazkur moddaga muvofiq shaxsni tranzit qilish toʻgʻrisidagi soʻrovnoma soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari tomonidan, bunday shaxsning soʻralayotgan Tomon davlatining hududiga tranzit maqsadida kirib kelishi moʻljallangan kundan oldin maqsadga muvofiq vaqtda, lekin kamida 10 kun oldin joʻnatiladi.
3. Soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari shaxsni tranzit qilish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani olgan sanadan boshlab 5 ish kuni mobaynida tranzitga ruxsat beradi yoki tranzitni amalga oshirishni asosli rad etadi, agar ularning fikriga koʻra bunday shaxsning ushbu davlat hududida boʻlishi nomaqbulligi, shu jumladan milliy xavfsizlik yoki jamoat tartibini saqlash maqsadlariga muvofiq kelmaydi deb hisoblasalar, tranzitni amalga oshirishni asosli ravishda rad etishlari mumkin.
4. Soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan shaxslarga zarurat tugʻilganda bepul tranzit vizalarini beradilar va soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organlarining iltimosiga binoan tranzitni amalga oshirishda zarur koʻmakni koʻrsatadilar.
5. Agar mazkur moddaning 1-bandida keltirilgan shaxslarning soʻralayotgan Tomon davlatining hududida boʻlishi davlat chegarasi orqali kirish punkti tranzit hududidan tashqariga chiqishi zarurati bilan bogʻliq boʻlsa, soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari soʻrovnomasi bilan qoʻshimcha himoya bilan taʼminlaydi va zarurat tugʻilganda bunday shaxslarni vaqtinchalik saqlash uchun bino bilan taʼminlaydilar.
6. Soʻralayotgan Tomon davlatining vakolatli organlari, tranzit oʻtish uchun ruxsat boʻlishiga qaramasdan, agar soʻrayotgan Tomon davlatining hududiga ular kirib kelganidan keyin ularga nisbatan mazkur moddaning 3-bandida keltirilgan holatlar aniqlansa, shuningdek boshqa tranzit davlati yoki oxirgi yetib borish davlati hududiga bevosita kirib borish kafolatlanmagan boʻlsa, mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan shaxslarni soʻrayotgan Tomon davlatining vakolatli organlariga qaytarib yuborishi mumkin.
