13-modda. Yakuniy qoidalar
Readmissiya toʻgʻrisida · Sana: 04.07.2007 · Amalda
1. Mazkur Bitim, uning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat protseduralari bajarilganligi toʻgʻrisidagi Tomonlarning soʻnggi yozma xabarnomalari olingan sanadan boshlab 30 kunlik muddat oʻgganidan keyin qonuniy kuchga kiradi.
2. Tomonlar oʻzaro kelishgan holda, Bitimga mazkur moddaning 1-bandida koʻrsatilgan tartibda kuchga kiradigan qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritishlari mumkin.
3. Mazkur Bitimning qoidalarini talqin etish va qoʻllashda Tomonlar oʻrtasida kelib chiqadigan bahsli masalalar, maslahat va muzokaralar yoʻli bilan hal qilinadi.
4. Mazkur Bitim belgilanmagan muddatga tuziladi va uning amal qilish muddati bir Tomonning diplomatik yoʻllar orqali mazkur Bitimni bekor qilish istagi toʻgʻrisidagi yozma ravishdagi xabarnomasi olingan sanadan boshlab 60 kun oʻtganidan keyin tugatiladi.
Toshkent shahrida 2007-yil 4-iyulda oʻzbek va rus tillarida ikkita nusxada tuzildi, bunda ikkala matn bir xil kuchga ega.
(imzolar)
