3-modda.
Standartlashtirish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 06.10.2008 · Amalda
Tomonlar standartlashtirish sohasida oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiradilar, amaldagi yevropa va xalqaro standartlarni va shuningdek Jahon savdo tashkilotining Savdoda texnik toʻsiqlar toʻgʻrisidagi 1994-yil 15-apreldagi Bitim qoidalarini hisobga olib, Tomonlar davlatlarining ichki qonunchiligiga amal qilib, standartlashtirish boʻyicha xalqaro tashkilotlarda oʻz munosabatlarini muvofiqlashtiradilar.
Hamkorlik quyidagi asosiy shakllarda amalga oshiriladi:
standartlashtirish sohasida yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan oʻzaro almashish;
kelishilgan shartlarga binoan va zaruriyatga qarab, Tomonlarning kelajakka moʻljallangan dasturlari, standartlar ishlab chiqish rejalari, milliy standartlari, amaldagi milliy standartlar kataloglari, boshqa normativ hujjatlari va davriy nashrlari bilan almashish;
standartlashtirish sohasida maslahatlashuv, axborot va tajriba bilan almashish;
ikkala mamlakatning standartlar ishlab chiquvchi tashkilotlari oʻrtasida aloqalar oʻrnatish;
standartlashtirish sohasida mutaxassislar tayyorlash va qayta tayyorlash boʻyicha tajriba almashish.;
delegatsiyalar bilan almashish, mansabdor shaxslar va mutaxassislarning xizmat safarlari;
mutaxassislar tayyorlash va qayta tayyorlash uchun oʻqituvchilar bilan almashish;
birgalikda seminar va simpoziumlar tashkil qilish.
