11-modda.
Standartlashtirish sohasida hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 06.10.2008 · Amalda
Ushbu Bitim nomaʼlum muddatga tuziladi va imzolangan kundan boshlab kuchga kiradi,
Tomonlardan har biri yozma ravishda boshqa Tomonga xabar berib, uning amal qilishini toʻxtatishi mumkin. Bitimning amal qilishi bunday xabarnoma olingan kundan 6 (olti) oy oʻtgandan soʻng tugaydi.
Toshkent shahrida 2008-yil 6-oktabrda har biri oʻzbek, latish va rus tillarida boʻlgan ikki asl nusxada tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Bitim matnini talqin etishda kelishmovchiliklar yuzaga kelsa, rus tilidagi matn asos qilib olinadi.
(imzolar)
