Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida (220-I-son) · Sana: 25.04.1996 · Amalda
Erkin iqtisodiy zona hududida xoʻjalik faoliyatini amalga oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar direksiyada roʻyxatdan oʻtadi.
Direksiya roʻyxatdan oʻtkazilgan yuridik yoki jismoniy shaxsga erkin iqtisodiy zonada roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma beradi va bu haqda tegishli davlat boshqaruvi organlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xabar qiladi.
Yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, direksiya erkin iqtisodiy zona hududida yuridik yoki jismoniy shaxsning faoliyatini tugatish hamda unga berilgan guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisida sudga murojaat qilishga haqli.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-2046
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 25-modda. Erkin iqtisodiy zona hududida xoʻjalik faoliyati qatnashchilarini roʻyxatdan oʻtkazish Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida (220-I-son). neolex.uz/uz/laws/law-14656/25 (lex.uz/docs/-2046)