Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida (220-I-son) · Sana: 25.04.1996 · Amalda
Erkin iqtisodiy zona mustaqil budjetga ega boʻladi.
Erkin iqtisodiy zonani shakllantirish bosqichida kreditlar berish yoki ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastruktura obyektlarini toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalash tarzida respublika budjeti va mahalliy budjetdan mablagʻlar jalb etilishi mumkin.
Erkin iqtisodiy zonaning budjeti erkin iqtisodiy zonaning Maʼmuriy kengashi (bundan buyon matnda Maʼmuriy kengash deb yuritiladi) foydalanishi va boshqaruvida boʻlgan yer, binolar va inshootlarni ijaraga berishdan, xizmatlar koʻrsatishdan keladigan tushumlardan va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlardan shakllantiriladi.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-2046
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 17-modda. Erkin iqtisodiy zonaning budjeti Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida (220-I-son). neolex.uz/uz/laws/law-14656/17 (lex.uz/docs/-2046)