12-modda. Alohida bojxona tartiboti
Erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisida (220-I-son) · Sana: 25.04.1996 · Amalda
Alohida bojxona tartiboti:
tovarlarni olib kirish va olib chiqish uchun bojxona bojlarini bekor qilish yoki kamaytirishni;
eksport yoki import uchun tarifdan tashqari cheklashlarni bekor qilish yoki yengillashtirishni;
tovarlarni belgilangan tartibda albatta bayonnomaga kiritgan holda erkin iqtisodiy zonaning bojxona chegarasi orqali olib oʻtishning soddalashtirilgan tartibini nazarda tutishi mumkin.
Erkin iqtisodiy zona hududida alohida bojxona tartibotini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona organlari taʼminlaydi.
Alohida bojxona tartiboti erkin iqtisodiy zona hududi orqali tovarlarni tranzit olib oʻtishga nisbatan tatbiq etilmaydi.
