9-modda.
Doʻstlik va hamkorlik toʻgʻrisida · Sana: 01.04.1997 · Amalda
Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar energetika, sanoat, qurilish, transport va kommunikatsiyalar, qishloq xoʻjaligi, tabiiy boyliklardan foydalanish sohasida va shuningdek oʻzaro qiziqish uygʻotadigan boshqa sohalarda yaqindan hamkorlik qilishga koʻmaklashadilar.
Yuqori Ahdlashuvchi Tomonlar, milliy qonunlariga muvofiq, ikki mamlakatning xoʻjalik yurgizayotgan subyektlari oʻrtasida hamkorlik va bevosita aloqa oʻrnatishga va shuningdek qoʻshma korxonalar tuzishga va hamkorlikning boshqa samarali shakllariga koʻmaklashadilar.
