“Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 10-moddasiga oʻzgartishlar kiritish haqida (O‘RQ-203-son)
06.04.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 19.02.2025
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 18-dekabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2009-yil 27-martda maʼqullangan
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 5-aprelda qabul qilingan “Fuqarolarning banklardagi omonatlarini himoyalash kafolatlari toʻgʻrisida”gi 360-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 70-modda) 10-moddasiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) birinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Fuqarolarning omonatlari boʻyicha haq toʻlash bankning qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlangan oraliq tugatish balansida aks ettirilgan omonatlarning qoldigʻidan kelib chiqqan holda bank va Fond mablagʻlari hisobidan toʻliq hajmda amalga oshiriladi”;
2) ikkinchi qism chiqarib tashlansin;
uchinchi va toʻrtinchi qismlar tegishincha ikkinchi va uchinchi qismlar deb hisoblansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil b aprel,
OʻRQ-203-son
