Xususiylashtirish investitsiya fondining namunaviy emissiya prospektiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida (644-1-son)
31.03.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulk qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlantirish va nazorat qilish markazi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 31-martda 644-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 29-30-son, 278-modda) muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazining 1998-yil 10-dekabrdagi 18-son va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1998-yil 31-dekabrdagi 30-01-12/333-son bilan tasdiqlangan Xususiylashtirish investitsiya fondining namunaviy emissiya prospektiga (roʻyxat raqami 644, 1999-yil 19-fevral) ilovaga* muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktori K. TOLIPOV
Toshkent sh.,
2009-yil 25-mart
2009-23-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 25-mart
40-son
