Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida (1932-son)
31.03.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi
Qarori
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 31-martda 1932-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 12-songa 1-ilova), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 232-modda) 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 230-modda) 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-martdagi “Mahalliy nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ–1050-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 5-son, 37-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Ilova qilinayotgan Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R.S. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 10-mart,
32-son
Iqtisodiyot vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 10-mart,
69-son
Tashqi iqtisodiyot aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.
2009-yil 10-mart,
EG-02/10-1559-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 10-mart,
2009-16-son
Davlat Bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2009-yil 10-mart,
01-02/8-5-son
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2009-yil 10-mart 32, 69, EG-01/10-1559, 2009-16, 01-02/8-5-son qaroriga ILOVA
Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 12-songa 1-ilova), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 232-modda) 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 9-son, 230-modda) 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-martdagi “Mahalliy nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” PQ–1050-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 5-son, 37-modda) muvofiq nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibini belgilaydi.
I. UMUMIY QOIDALAR
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 28-yanvardagi PQ-1050-son “Mahalliy nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish kengaytirilishini ragʻbatlantirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar jumlasiga sotuv umumiy hajmida ushbu tovarlarni ishlab chiqarishdan tushum ulushi hisobot davri yakunlari boʻyicha kamida 60 foizni tashkil etadigan korxonalar kiradi. Ushbu korxonalarga quyidagi koʻrinishdagi soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalar beriladi:
a) quyidagilarni toʻlashdan ozod etiladi:
yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi;
yuridik shaxslardan olinadigan mulk soligʻi;
mikrofirma va kichik korxonalar uchun yagona soliq toʻlovi;
mahsulot realizatsiyasi hajmidan Respublika yoʻl jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha import qilinadigan, nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishda foydalaniladigan asbob-uskunalar, butlovchi buyumlar, Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan xomashyo va materiallarni bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruv yigʻimlaridan tashqari).
b) nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini oʻzi uchun ishlab chiqarishda zarur boʻlgan xomashyo, materiallar va furnituralarni import qilishda bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan boshlab, bojxona toʻlovlarini toʻlashni (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) 60 kungacha boʻlgan muddatga kechiktirish.
Kechiktirib toʻlash Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan import qilishda bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadigan xomashyo va materiallar roʻyxatiga kiritilmagan xomashyo, materiallar va furnituralarga beriladi.
2. Ushbu Nizomning 1-bandi “a” kichik bandida koʻrsatilgan imtiyozlar (bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlardan tashqari) berilishi munosabati bilan boʻshab qoladigan mablagʻlar, korxonalar tomonidan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil qilishga, shuningdek faoliyat koʻrsatayotgan ishlab chiqarishlarni modernizatsiyalashga, rekonstruksiya qilishga, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga, nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarish uchun zarur boʻlgan xomashyo va materiallarni sotib olishga, kiritilgan investitsiyalarni, shu jumladan kreditlarni qoplashga yoʻnaltiriladi.
Taqdim etilgan imtiyozlar natijasida boʻshagan mablagʻlar maqsadga muvofiq foydalanilmagan taqdirda, bu mablagʻlar oʻrnatilgan tartibda penya hisoblangan holda budjetga toʻliq oʻtkaziladi.
3. Korxonalarga taqdim etilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi, ularni taqdim etish natijasida boʻshagan mablagʻlardan foydalanish tartibi Yuridik shaxslarga soliqlar, bojxona va majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash boʻyicha berilgan imtiyozlarni rasmiylashtirish va buxgalterlik hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (2005-yil 2-aprel, roʻyxat raqami 1463 - Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 14-son, 105-modda) bilan tartibga solinadi.
II. IMTIYOZLAR VA PREFERENIYALARNI QOʻLLASh TARTIBI
4. Soliqlar va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar va preferensiyalar korxonalarga ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlariga taqdim etiladigan arizaga asosan taqdim etiladi.
5. Bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) olib kirilayotgan tovarlarni erkin muomalaga chiqarish rejimiga oʻtkazish bojxona rasmiylashtiruvi paytida taqdim etiladi.
6. Bojxona toʻlovlarini kechiktirib toʻlashga ruxsat olish uchun (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yigʻimlardan tashqari) korxonalar tomonidan bojxona organlariga Bojxona toʻlovlarini toʻlash muddatini uzaytirish va kechiktirish boʻyicha Yoʻriqnomaga (1999-yil 8-aprel, roʻyxat raqami 697 — Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 1999-y., 4-son) muvofiq hujjatlar taqdim etiladi, bundan xizmat koʻrsatuvchi bankning depozit hisobvaragʻida mablagʻlar yoʻqligi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma mustasno.
7. Imtiyoz berilgan nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga haqiqatda ixtisoslashganligini tasdiqlash uchun imtiyozlardan foydalangan korxonalar yil yakunlari boʻyicha soliq hisoboti bilan birga davlat soliq xizmati organlariga ushbu Nizomning 3-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq Maʼlumotnoma hisob-kitobni taqdim etadi.
8. Agar hisobot yili yakunlari boʻyicha korxona taqdim etilgan Maʼlumotnoma hisob-kitobga asosan imtiyoz berish uchun belgilangan mezonlarga mos kelmasa (imtiyozlar berilgan nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona boʻlib hisoblanmaganda) soliq va bojxona toʻlovlari boʻyicha imtiyozlar, ularni oʻrnatilgan tartibda penya hisoblangan holda, budjetga toʻlanishi boʻyicha majburiyatlar tiklanib bekor qilinadi.
Korxonalar imtiyozlardan foydalanish uchun belgilangan mezonlarga mos kelmay qolish faktlari aniqlanganda, davlat soliq xizmati organlari 10 ish kuni ichida aniqlangan faktlar toʻgʻrisida oʻrnatilgan tartibda avval toʻlanmagan bojxona toʻlovlari undirish choralarini koʻrish uchun davlat bojxona xizmati organlarini xabardor qiladi.
III. YAKUNIY QOIDA
9. Soliq va bojxona imtiyozlarining toʻgʻri qoʻllanishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati va davlat bojxona xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishda soliq va bojxona imtiyozlari va preferensiyalari beriladigan tovar guruhlarining roʻyxati
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 2-iyundagi 41, 70, 19, 2014-22, 01-02/8-06-sonli qarori (roʻyxat raqami 1932-1, 13.06.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 24-son, 301-modda)
Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Nooziq-ovqat isteʼmol tovarlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan soliq va bojxona imtiyozlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga 3-ILOVA
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 167-modda; 2014-y., 24-son, 301-modda)
