Z-modda. Investitsiya institutlari
Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida (218-I-son) · Sana: 25.04.1996 · Amalda
Qimmatli qogʻozlar bozorida investitsiya institutlarining quyidagi turlari faoliyat koʻrsatishi mumkin:
investitsiya vositachisi (moliya brokeri va dileri);
investitsiya maslahatchisi;
investitsiya kompaniyasi;
investitsiya fondi;
boshqaruvchi kompaniya;
depozitariy;
hisob-kitob-kliring palatasi (tashkiloti);
qimmatli qogʻozlar egalarining reyestrini saqlovchi;
qimmatli qogʻozlarni nominal saqlovchi;
investitsiya institutlarining boshqa turlari.
Investitsiya institutlari har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishi mumkin, faqatgina ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilishi mumkin boʻlgan investitsiya fondi bundan mustasno.
Investitsiya institutlari tuzish, ularning faoliyat koʻrsatishi va ularni tugatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida belgilab qoʻyiladi.
