24-modda. Investitsiya institutlarining faoliyatini litsenziyalash
Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida (218-I-son) · Sana: 25.04.1996 · Amalda
Qimmatli qogʻozlar bozoridagi professional faoliyat davlat vakolat bergan organ tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma — litsenziya asosida amalga oshiriladi.
Litsenziya bergan organ investitsiya institutlarining faoliyatini nazorat qilib turadi va qonun hujjatlari buzilgan taqdirda berilgan litsenziyani chaqirib olish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Davlat tomonidan vakolat berilgan organ qimmatli qogʻozlar bilan zarur darajada professional faoliyat koʻrsatilishini taʼminlash maqsadida:
jismoniy shaxslar (investitsiya institutlari va fond birjalarining xodimlari) qimmatli qogʻozlar bozori mutaxassisi malaka guvohnomasini olishlari uchun ular oldiga qoʻyiladigan malaka talablarini;
oʻz mablagʻlari yetarli boʻlishining majburiy normativlarini va qimmatli qogʻozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar boʻyicha tavakkalchilikni cheklovchi boshqa koʻrsatkichlarni belgilaydi.
Banklar qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyatni investitsiya institutlari uchun ushbu Qonunda belgilab qoʻyilgan tartibda amalga oshiradilar.
