20-modda. Qimmatli qogʻozlar bozorini boshqarish asoslari
Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida (218-I-son) · Sana: 25.04.1996 · Amalda
Qimmatli qogʻozlar bozorining davlat boshqaruvi vakolatli organlar tomonidan:
qimmatli qogʻozlar va emissiya prospektlarini chiqarishni roʻyxatga olish, emitentlarning ularda nazarda tutilgan shartlar va majburiyatlarga rioya qilishlari ustidan nazoratni amalga oshirish;
ushbu Qonunning 24 va 26-moddalariga muvofiq qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi axborot emitentlar va qimmatli qogʻozlar bozori qatnashchilari tomonidan maʼlum qilinishini taʼminlash;
mutaxassislarni attestatsiyalash, investitsiya institutlari faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish;
investorlar hamda qimmatli qogʻozlar bozorining boshqa ishtirokchilari bergan shikoyatlarni koʻrib chiqish va qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari bajarishi majburiy boʻlgan xulosalar chiqarish, koʻrsatmalar berish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
