Z1-modda. Qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida (218-I-son) · Sana: 25.04.1996 · Amalda
Qimmatli qogʻozlar bozorining ishtirokchilari qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
Qimmatli qogʻozlar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda, qimmatli qogʻozlar bozorining ishtirokchilariga nisbatan:
mansabdor shaxsga nisbatan maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etilgan qoidabuzarliklarni tugatish toʻgʻrisidagi koʻrsatmani bajarishdan boʻyin tovlaganlik uchun — eng kam ish haqining 40 baravaridan 70 baravarigacha miqdorda;
emitentlar tomonidan qimmatli qogʻozlar chiqarishning belgilangan tartibi investorlarga zarar yetkazilishiga olib keladigan tarzda buzilganligi uchun — qimmatli qogʻozlar chiqarish hajmining besh foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining 100 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
qimmatli qogʻozlarga doir bitimlar tuzish va ularni roʻyxatdan oʻtkazishning belgilangan tartibi qimmatli qogʻozlar bozorining professional ishtirokchilari tomonidan buzilganligi uchun — qimmatli qogʻozlarga doir bitim summasining besh foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining 75 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda, mazkur qoidabuzarlik takror sodir etilgan taqdirda, qimmatli qogʻozlarga doir bitim summasining oʻn foizi miqdorida, biroq eng kam ish haqining 100 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda;
atayin notoʻgʻri maʼlumotlar tarqatish (taqdim etish) yoʻli bilan investorlar va nazorat organlarini chalgʻitganlik uchun — eng kam ish haqining 300 baravaridan 400 baravarigacha miqdorda jarima solishdan iborat iqtisodiy jazo choralari qoʻllaniladi.
Iqtisodiy jazo choralarini qoʻllash sud tomonidan, qimmatli qogʻozlar bozorining ishtirokchilari sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror boʻlgan va jazo choralari summasini ixtiyoriy ravishda toʻlagan hollarda esa, vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Xoʻjalik yurituvchi subyektning oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdorda qoʻllanilgan iqtisodiy jazo choralarini undirish unga undiriladigan summani undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran olti oy mobaynida oyma-oy boʻlib toʻlash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
