12-modda. Boshqaruvchi kompaniyaning faoliyati
Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida (218-I-son) · Sana: 25.04.1996 · Amalda
Boshqa investitsiya institutlarining, yuridik va jismoniy shaxslarning investitsiya aktivlarini boshqarish sohasida faoliyat koʻrsatadigan, shuningdek qimmatli qogʻozlar oldi-sotdisini amalga oshiradigan investitsiya instituti boshqaruvchi kompaniya deb ataladi.
Yuridik shaxsning egalik qilish uchun oʻziga berilgan va boshqa bir shaxsga tegishli boʻlgan, mazkur shaxs yoki bu shaxs koʻrsatgan uchinchi shaxslar manfaatlarini koʻzlab:
qimmatli qogʻozlarni;
qimmatli qogʻozlarni investitsiyalashga moʻljallangan pul mablagʻlarini;
qimmatli qogʻozlarni boshqarish jarayonida olinadigan pul mablagʻlari hamda qimmatli qogʻozlarni haq evaziga boshqarish vakolatini muayyan muddat davomida oʻz nomidan amalga oshirishi qimmatli qogʻozlarni boshqarish sohasidagi faoliyat hisoblanadi.
Qimmatli qogʻozlarni boshqarish faoliyatini amalga oshirish tartibi qonun hujjatlari va shartnomalar bilan belgilanadi.
