10-modda. Investitsiya kompaniyasining faoliyati
Qimmatli qogʻozlar bozorining faoliyat koʻrsatish mexanizmi toʻgʻrisida (218-I-son) · Sana: 25.04.1996 · Amalda
Qimmatli qogʻozlar chiqaradigan va ularni joylashtirish boʻyicha uchinchi shaxslar foydasiga kafolatlar beradigan, qimmatli qogʻozlarga mablagʻ soladigan, oʻz nomidan va oʻz hisobidan, shu jumladan qimmatli qogʻozlarni kotirovkalash (investitsiya kompaniyasi sotish yoki sotib olish majburiyatini oʻz zimmasiga oladigan muyayan qimmatli qogʻozlarni sotish narxini va sotib olish narxini eʼlon qilish) hisobidan qimmatli qogʻozlar oldi-sotdisini amalga oshiradigan yuridik shaxs investitsiya kompaniyasidir.
Investitsiya kompaniyalari oʻz resurslarini faqat muassislarning mablagʻlari hisobidan, shuningdek reinvestitsiya qilingan oʻz mablagʻlari hisobidan tashkil etadilar va yuridik hamda jismoniy shaxslarga sotiladigan oʻz qimmatli qogʻozlarini emissiya qiladilar.
Investitsiya kompaniyalari aholining omonatlari va mablagʻlari hisobidan oʻz jalb etilgan resurslarini tashkil etish huquqiga ega emaslar.
