Korrupsiyaga qarshi · Sana: 31.10.2003 · Amalda
Har bir ishtirokchi Davlat, uchinchi tomonlarning halollik bilan qoʻlga kiritgan huquqlarini tegishli tarzda hisobga olib turib, oʻzining ichki qonunchiligining eng muhim prinsiplariga muvofiq tarzda korrupsiya oqibatlari xususidagi masalani muvofiqlashtirish boʻyicha choralar koʻradi. Ishtirokchi Davlatlar bu kontekstda korrupsiyani, kontraktlarni bekor qilish yoki kuchdan qoldirish, konsessiyalarni yoki shunga oʻxshash amaliyotlarni qaytarish yoki yuzaga kelgan holatlarni toʻgʻrilashning boshqa choralarini amalga oshirishda ahamiyat kasb etuvchi omil sifatida koʻrishlari mumkin.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-1461329
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 34-modda. Korrupsion harakatlarning oqibatlari Korrupsiyaga qarshi. neolex.uz/uz/laws/law-1461327/34 (lex.uz/docs/-1461329)