23-modda. Jinoiy yoʻl bilan topilgan daromadlarni legallashtirish
Korrupsiyaga qarshi · Sana: 31.10.2003 · Amalda
1. Har bir ishtirokchi Davlat oʻzining ichki huquqiy tizimining eng muhim prinsiplariga muvofiq quyida koʻrsatilgan harakatlar ataylab sodir etilganda buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida eʼtirof etish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan qonuniy va boshqa choralarni qabul qiladi:
a) i) agar mol-mulk jinoiy yoʻl bilan topilgani avvaldan maʼlum boʻlsa va uni jinoiy manbasini yashirish va sir tutish maqsadida yoki asosiy huquqbuzarlikni sodir etishda ishtirok etadigan istalgan boshqa shaxsga, u oʻzining jinoiy xatti-harakatlari uchun javobgarlikdan boʻyin tovlashiga yordam berish maqsadida mol-mulkni konversiyalash (oʻzgartirish) yoki oʻtkazish;
ii) agar mol-mulk jinoiy yoʻl bilan topilgani avvaldan maʼlum boʻlsa mol-mulkning haqiqiy tavsifini, manbasini, tasarruf etish usulini yoki uning kimga tegishli ekanini, joyini oʻzgartirishni, mol-mulkka boʻlgan huquqlarni yashirish va sir tutish;
b) oʻzining huquqiy tizimining eng muhim prinsiplariga rioya qilish shartida:
i) agar mol-mulkni olayotganda ushbu mol-mulk jinoiy yoʻl bilan topilgani avvaldan maʼlum boʻlsa ushbu mol-mulkni sotib olish, unga egalik qilish yoki undan foydalanish;
ii) mazkur moddaga muvofiq jinoyat deb tan olingan istalgan harakatlarning birida ishtirok etish, daxldor boʻlish yoki ushbu jinoyatni sodir etish maqsadida til biriktirish, uni sodir etishga urinish, shuningdek uni sodir etilishida sheriklik qilish, fitna uyushtirish va koʻmak berish.
2. Mazkur moddaning 1-bandini amalga oshirish yoki qoʻllash maqsadida:
a) har bir ishtirokchi Davlat mazkur moddaning 1-bandini asosiy huquqbuzarliklarning eng keng doirasi uchun qoʻllashga intiladi;
b) har bir ishtirokchi Davlat asosiy huquqbuzarliklar sirasiga kamida mazkur Konvensiyaga muvofiq jinoyat deb tan olingan harakatlarning keng qamrovli doirasini kiritadi;
s) yuqorida keltirilgan (b) kichik bandning maqsadlari uchun asosiy huquqbuzarliklar sirasiga tegishli ishtirokchi Davlat yurisdiksiyasi doirasida ham, doirasidan tashqarida ham sodir etilgan jinoyatlar kiradi. Lekin biron ishtirokchi Davlatning yurisdiksiyasi doirasidan tashqarida sodir etilgan jinoyatlar faqat mazkur jinoiy harakat sodir etilgan davlatning ichki qonunchiligiga koʻra jinoiy jazoga loyiq deb topilsa va ushbu modda amalga oshirilayotgan yoki qoʻllanilayotgan ishtirokchi Davlatning ichki qonunchiligiga koʻra, agar bu jinoyat aynan shu davlatda sodir etilib, jinoiy jazoga loyiq deb tan olinsagina asosiy huquqbuzarliklar deb tan olinadi.
