21-modda. Xususiy sektorda pora berish
Korrupsiyaga qarshi · Sana: 31.10.2003 · Amalda
Har bir ishtirokchi Davlat iqtisodiy, moliyaviy yoki tijorat faoliyatida davomida quyida koʻrsatilgan harakatlar ataylab sodir etilganda buni jinoiy javobgarlikka tortiladigan harakat sifatida eʼtirof etish uchun talab qilinishi mumkin boʻlgan qonuniy va boshqa choralar koʻrish imkoniyatini koʻrib chiqadi:
a) xususiy sektor ishini tashkil qilishga rahbarlik qilayotgan yoki ushbu tashkilotda istalgan lavozimda ishlayotgan shaxsning oʻziga yoki boshqa shaxsga, ushbu shaxs oʻz xizmat vazifalariga xilof boʻlgan biron harakatni amalga oshirishi yoki harakat qilmasligi evaziga shaxsan yoki vositachilar orqali biron afzallikni vaʼda qilish, taklif etish yoki taqdim etish;
b) xususiy sektor ishini tashkil qilishga rahbarlik qilayotgan yoki ushbu tashkilotda istalgan lavozimda ishlayotgan shaxsning oʻziga yoki boshqa shaxsga, ushbu shaxs oʻz xizmat vazifalariga xilof boʻlgan biron harakatni amalga oshirishi yoki harakat qilmasligi evaziga shaxsan yoki vositachilar orqali biron noqonuniy afzallikni talab qilib yoki qabul qilib olish.
