Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 31-maydagi 188-son qaroriga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida (56-son)
31.03.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Qarori
Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy himoya qilishni yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 31-maydagi 188-son qaroriga 1-ilova matni (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2002-y., 5-son, 27-modda) ilovaga* muvofiq tahrirda bayon qilinsin.
* Ilova rus tilida berilgan.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 31-mart,
56-son
