Oʻzbekiston Respublikasi bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi n. xanovning “uy-joy fondini va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qishki mavsumda issiqlik bilan taʼminlashning holati toʻgʻrisida”gi axboroti haqida (947-I-son)
25.12.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi N. Xanovning “Uy-joy fondini va ijtimoiy infratuzilma obyektlarini qishki mavsumda issiqlik bilan taʼminlashning holati toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Sanoat, qurilish va savdo masalalari qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli boʻlinmalari bilan birgalikda oʻz saʼy-harakatlarini qishki mavsumda uy-joy fondi va ijtimoiy infratuzilma obyektlarining barqaror faoliyat koʻrsatishi boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarning soʻzsiz bajarilishiga qaratsin.
3. Ushbu Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2008-yil 25-dekabr,
947-I-son
