97-modda. Mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Mehnat shartnomasi quyidagi sabablarga koʻra bekor qilinishi mumkin:
1) taraflarning kelishuviga koʻra. Ushbu asosga binoan mehnat shartnomasining barcha turlari istalgan vaqtda bekor qilinishi mumkin;
2) taraflardan birining tashabbusi bilan;
3) muddatning tugashi bilan;
4) taraflar ixtiyoriga bogʻliq boʻlmagan holatlarga koʻra;
5) mehnat shartnomasida nazarda tutilgan asoslarga koʻra. Mehnatga oid munosabatlarni bekor qilish toʻgʻrisidagi shart mehnat shartnomasida bu shartnoma ish beruvchi tomonidan korxona rahbari, uning oʻrinbosarlari, bosh buxgalter bilan, korxonada bosh buxgalter lavozimi boʻlmagan taqdirda esa, bosh buxgalter vazifasini amalga oshiruvchi xodim bilan tuzilganda, shuningdek qonunda yoʻl qoʻyiladigan boshqa hollarda ham nazarda tutilishi mumkin.
6) yangi muddatga saylanmaganligi (tanlov boʻyicha oʻtmaganligi) yoxud saylanishda (tanlovda) qatnashishni rad etganligi munosabati bilan.
