225-modda. Ayollar mehnatini qoʻllanish taqiqlanadigan ishlar
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Mehnat sharoiti noqulay ishlarda, shuningdek yer osti ishlarida ayollar mehnatini qoʻllanish taqiqlanadi, yer ostidagi baʼzi ishlar (jismoniy boʻlmagan ishlar yoki sanitariya va maishiy xizmat koʻrsatish ishlari) bundan mustasnodir.
Ayollarning ular uchun mumkin boʻlgan normadan ortiq yukni koʻtarishlari va tashishlari man etiladi.
Ayollar mehnatini qoʻllanish taqiqlanadigan mehnat sharoiti noqulay ishlarning roʻyxati hamda ular koʻtarishlari va tashishlari mumkin boʻlgan yuk normalarining chegarasini Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi va ish beruvchilarning vakillari maslahatini olgan holda tasdiqlaydi.
