Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Mehnatni muhofaza qilish tadbirlarini oʻtkazish uchun belgilangan tartibda mablagʻlar va zarur materiallar ajratiladi. Bu mablagʻ va materiallarni boshqa maqsadlarga sarflash man etiladi. Mazkur mablagʻ va materiallardan foydalanish tartibi jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan boʻlsa, — ish beruvchi va kasaba uyushmasi qoʻmitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi oʻrtasidagi kelishuvga binoan belgilanadi.
Mehnat jamoalari, ularning vakillik organlari mehnatni muhofaza qilishga moʻljallangan mablagʻlardan foydalanilishini tekshirib boradilar.
Matn manbasi
O'zbekiston Respublikasi qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi (lex.uz). lex.uz dagi asl nusxa: lex.uz/docs/-142859
Matn lex.uz dan avtomatik olingan va mazmunan u bilan bir xil: bu alohida tahrir emas, o'sha matnning o'zi. U ta'lim va ma'lumot maqsadida keltirilgan, normalar mazmuni o'zgartirilmaydi. Bu rasmiy nashr emas: sud, shartnoma va rasmiy javoblar uchun lex.uz dagi amaldagi tahrirni tekshiring. Loyiha haqida
Sayt haqida: NEOLEX (veoskill) — O'zbekiston Respublikasi huquqi bo'yicha ta'lim loyihasi. U lex.uz o'rnini bosmaydi, o'sha matnlarga har bir modda uchun alohida manzil, oddiy so'zlar bilan izohlar, atamalar lug'ati, testlar va uch tilda o'qishni qo'shadi. Aloqa: Telegram @neovixar.
Quyidagicha iqtibos keltiring: 216-modda. Mehnatni muhofaza qilish tadbirlariga ajratiladigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. neolex.uz/uz/laws/law-145261/216 (lex.uz/docs/-142859)