18-modda. Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning xususiyatlari
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solish oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlishi mumkin, bular:
xodim bilan korxona oʻrtasidagi mehnat aloqasining xususiyati;
xodim mehnatining shart-sharoitlari va xususiyati;
tabiiy iqlim sharoitlari;
xodim mehnat qilayotgan joyning alohida huquqiy tartibi;
boshqa obyektiv omillar bilan belgilanadi.
Davlat xizmatchilarining mehnatini tartibga solish xususiyatlari qonun bilan belgilanadi.
Ayrim toifadagi xodimlar mehnatini huquqiy jihatdan tartibga solishning belgilanadigan xususiyatlari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan mehnat huquqlari va kafolatlarining darajasini pasaytirishi mumkin emas.
