161-modda. Mehnatga haq toʻlash muddatlari
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Mehnatga haq toʻlash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam boʻlishi mumkin emas. Xodimlarning ayrim toifalari uchun alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan ish haqi toʻlashning boshqa muddatlari belgilab qoʻyilishi mumkin.
Haq toʻlanadigan kun dam olish kuni yoki bayram kuniga toʻgʻri kelib qolsa, mehnat haqi shu kun arafasida toʻlanadi.
Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga tegishli barcha summalarni toʻlash ushbu Kodeksning 110-moddasiga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Jamoa shartnomasida ish beruvchining aybi bilan xodimga haq toʻlash belgilangan muddatlarga nisbatan kechikkanligi uchun javobgarlik nazarda tutilishi mumkin.
