156-modda. Mehnat haqi shartlarini oʻzgartirish
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Mehnatga haq toʻlash shartlari qaysi tartibda oʻrnatilgan boʻlsa, oʻsha tartibda oʻzgartiriladi (153-modda).
Mehnatga haq toʻlashning yakka shartlarini xodim uchun noqulay tomonga oʻzgartirishga uning roziligisiz yoʻl qoʻyilmaydi. Istisno tariqasida bunday oʻzgartishga:
texnologiyada, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishda oʻzgarishlar yuz bergan taqdirda, basharti mehnatga haq toʻlashning avvalgi shartlarini saqlab qolish mumkin boʻlmasa;
qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Boʻlajak oʻzgartirish haqida xodim kamida ikki oy oldin ogohlantirilishi lozim.
