15-modda. Ish beruvchi mehnatga oid munosabatlarning subyekti sifatida
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Quyidagilar ish beruvchilar boʻlishi mumkin:
1) korxonalar, shu jumladan, ularning alohida tarkibiy boʻlinmalari oʻz rahbarlari timsolida;
2) mulkdorning oʻzi ayni bir vaqtda rahbar boʻlgan xususiy korxonalar;
3) oʻn sakkiz yoshga toʻlgan ayrim shaxslar qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda.
4) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda xodimlar yollaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlar.
