135-modda. Yillik uzaytirilgan asosiy taʼtillar
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Quyidagilarga ularning yoshi va sogʻligʻi holatini hisobga olib, yillik uzaytirilgan asosiy taʼtil beriladi:
oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslarga — oʻttiz kalendar kun;
ishlayotgan I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga — oʻttiz kalendar kun.
Ayrim toifadagi xodimlarga ularning mehnat vazifalarining oʻziga xos jihatlari va xususiyatlarini hamda boshqa holatlarni eʼtiborga olib, qonunchilikka muvofiq uzaytirilgan taʼtillar belgilanadi.
Mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari yoki boshqa normativ hujjatlarda belgilanganidan tashqari, mehnat shartnomasining shartlarida ham uzaytirilgan yillik taʼtillar berish nazarda tutilishi mumkin.
