13-modda. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan muddatlarni hisoblash
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Ushbu Kodeks mehnat huquqlari va burchlarining vujudga kelishi yoki bekor boʻlishi bilan bogʻlaydigan muddatning oʻtishi uning boshlanishi belgilangan kalendar kunning ertasidan eʼtiboran boshlanadi.
Yillar, oylar, haftalar bilan hisoblanadigan muddatlar soʻnggi yilning, oyning, haftaning tegishli kunida tugaydi. Kalendar boʻyicha hisoblanadigan haftalar yoki kunlar muddatiga ishlanmaydigan kunlar ham qoʻshiladi.
Basharti muddatning soʻnggi kuni ishlanmaydigan kunga toʻgʻri kelsa, undan keyin keladigan birinchi ish kuni muddat tugaydigan kun deb hisoblanadi.
