116-modda. Ish vaqtining qisqartirilgan muddati
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi · Sana: 21.12.1995 · Amalda
Ayrim toifadagi xodimlar uchun ularning yoshi, sogʻligʻi holati, mehnatning shartlari, mehnat vazifalarining oʻziga xos xususiyatlari va oʻzga holatlarni inobatga olib, mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari va boshqa normativ hujjatlar, shuningdek mehnat shartnomasi shartlariga binoan mehnatga toʻlanadigan haqni kamaytirmasdan, ish vaqtining qisqartirilgan muddati belgilanadi.
Ish vaqtining qisqartirilgan muddati quyidagilar uchun belgilanadi:
oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan xodimlar (242-modda);
I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxs deb topilgan xodimlar (220-moddaning uchinchi qismi);
noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlar (117-modda);
alohida tusga ega boʻlgan ishlardagi xodimlar (118-modda).
uch yoshga toʻlmagan bolalari bor, budjet hisobidan moliyaviy jihatdan taʼminlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollar (228-1-modda).
