Ixtiroga Oʻzbekiston Respublikasining patentini berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (1329-2-son)
07.03.2009
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 12-martda 1329-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 30-iyuldagi OʻRQ-164-sonli “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat patent idorasi direktorining 2004-yil 2-fevraldagi 9-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Ixtiroga Oʻzbekiston Respublikasining patentini berish uchun talabnomalarni tuzish, topshirish va koʻrib chiqish qoidalari”ga (2004-yil 22-mart, roʻyxat raqami 1329 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 12-son, 147-modda) ilovaga* muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan keyin oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Davlat patent idorasi direktori B. AMONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 5-fevral,
23-son
