“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK passajir lokomotivlari parkini yangilash. passajir elektrovozlarini xarid qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida (PQ-993-son)
05.11.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Hukumati tomonidan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlarga beriladigan mablagʻlardan foydalangan holda moliyalashtiriladigan “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK passajir lokomotivlari parkini yangilash. Passajir elektrovozlarini xarid qilish” (keyingi oʻrinlarda loyiha deb yuritiladi) investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK hamda CSR “Chjuchjou elektrovozsozlik kompaniyasi” (XXR) oʻrtasida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK passajir lokomotivlari parkini yangilash. Passajir elektrovozlarini xarid qilish” loyihasini amalga oshirish doirasida 15 ta passajir elektrovozlarini yetkazib berish boʻyicha 73,8 mln. AQSh dollari miqdorida shartnoma tuzildi.
2. Belgilansinki, mazkur shartnomani moliyalashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
shartnoma qiymatining 5 foizi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK shaxsiy mablagʻlari hisobidan toʻlanadi;
shartnoma qiymatining 95 foizi XXR Eksimbanki tomonidan 5 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, 20 yil muddatga beriladigan qarz mablagʻlarini qayta moliyalash yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki krediti hisobidan toʻlanadi.
3. Belgilab qoʻyilsinki:
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy bankining krediti boʻyicha qarz oluvchi, shuningdek kredit mablagʻlaridan maqsadli foydalanish va loyihani samarali amalga oshirish uchun javobgar boʻlgan ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;
asosiy qarzni uzish, kredit xizmati boʻyicha foizlar, komissiyalar va boshqa xarajatlarni toʻlash “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
4. Quyidagilar:
loyihaning TIAsi asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari bilan 1-ilovaga muvofiq;
XXR Eksimbanki qarz mablagʻlarini, kredit boʻyicha foizlar va komissiyalarni toʻlash jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki belgilangan tartibda roʻyxatga olingan shartnoma asosida mazkur loyihani moliyalash uchun:
XXR Eksimbanki bilan yakka tartibdagi qarz bitimini;
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK bilan XXR Eksimbanki qarz mablagʻlarini qayta moliyalash boʻyicha kredit shartnomasini tuzsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga belgilangan tartibda XXR Eksimbanki oldida Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy bankining toʻlov majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan kafolat berish vakolati berilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi kafolati boʻyicha yakka tartibdagi qarz bitimida nazarda tutilgan shaklda yuridik xulosa bersin.
8. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK mazkur loyihani amalga oshirish doirasida import qilinadigan mahsulotlar boʻyicha bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari), shuningdek CSR “Chjuchjou elektrovozsozlik kompaniyasi” (XXR) kompaniyasi tomonidan bajariladigan ishlar (xizmatlar) boʻyicha qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
Etkazib beriladigan passajir elektrovozlariga kafolat va servis xizmati koʻrsatish davrida CSR “Chjuchjou elektrovozsozlik kompaniyasi” (XXR) kompaniyasi tomonidan olib kelinadigan jihozlar va uskunalar vaqti-vaqti bilan bojxona toʻlovlari toʻlanmasdan, vaqtinchalik olib kirish rejimida saqlanishiga ruxsat etilsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK talabnomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirib berilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK talabnomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek xorijiy mutaxassislarning yashash joyida vaqtincha roʻyxatda turish va uning muddatini uzaytirishni davlat boji undirib olinmasdan taʼminlasin.
11. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 5-noyabr,
PQ-993-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-noyabrdagi PQ-993-son qaroriga 1-ILOVA
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DATK passajir lokomotivlari parkini yangilash. Passajir elektrovozlarini xarid qilish” loyihasining TIAsi
ASOSIY TEXNIK-IQTISODIY PARAMETRLARI
T/r Koʻrsatkich nomi Oʻlchov birligi Jami shu jumladan: XXR Eksimbanki krediti DATKning oʻz mablagʻlari 1. Loyihaning umumiy qiymati ming AQSh dollari 75526,32 70110 5416,32 2. Kapital qoʻyilmalar miqdori, jami 75526,32 70110 5416,32 shu jumladan: 15 ta passajir elektrovozlari (EKV) ming AQSh dollari 73800 70110 3690 Investitsiya davrida moliya chiqimlari, jami, shundan: ming AQSh dollari 1379,32 1379,32 boshqaruv uchun komissiya; 210,33 210,33 majburiyat uchun komissiya; 305,53 305,53 OʻzR TIF MB marjasi; 95,94 95,94 kredit foizlari. 767,52 767,52 Boshqa xarajatlar: milliy valyutada, jami, shundan: ming AQSh dollari ekvivalentida 347 347 bojxona chiqimlari 295 - 295 boshqa (loyihaoldi ishlar, ekspertiza, boshqa) 52 - 52 3. Asosiy mavjud fondlar qiymati 18216,98 ming AQSh dollari ekvivalentida 4. Loyiha quvvati (yillik passajirlarni tashish): 15 ta elektrovozlar 2012-yil; 355 mln. pass-km 2031-yil. 450 mln. pass-km 5. Band boʻladiganlar soni 142 nafar kishi 6. Xarajatlarning qoplanadigan hisob-kitob muddati 20 yil 7. Investitsiya davrining davomiyligi 30 oy 8. Tashkil etiladigan ishlab chiqarish fondlari qiymati 73 800 ming AQSh dollari 9. Kreditni uzish muddati 20 yil
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 5-noyabrdagi PQ-993-son qaroriga 2-ILOVA
XXR Eksimbanki qarz mablagʻlarini uzish, kredit boʻyicha foizlar va komissiyalarni toʻlash
JADVALI
Qarz/kredit summasi 70 110 000 AQSh dollari Qarz/kredit muddati 20 yil Imtiyozli davr 5 yil Foiz stavkasi yillik 2 foiz Bank marjasi yillik 0,25 foiz Majburiyat uchun komissiyasi tanlanmagan summadan 0,3 foiz Boshqaruv uchun komissiyasi kredit summasidan 0,3 foiz Yillar Yarim yillik Mablagʻlar olish * Qarz summasi Asosiy qarzni uzish Foizlar Bank marjasi Majburiyat uchun komissiyasi Boshqaruv uchun komissiyasi Jami toʻlovlar 2009 I 18450000,00 18450000 210330,00 210330 II 0,00 18450000 184500 23063 77490 285053 2010 I 0,00 18450000 184500 23063 77490 285053 II 2952000,00 21402000 184500 23063 77490 285053 2011 I 48708000,00 70110000 214020 26753 73062 313835 II 70110000 701100 87638 788738 2012 I 70110000 701100 87638 788738 II 70110000 701100 87638 788738 2013 I 70110000 701100 87638 788738 II 70110000 701100 87638 788738 2014 I 67773000 2337000 701100 87638 3125738 II 65436000 2337000 677730 84716 3099446 2015 I 63099000 2337000 654360 81795 3073155 II 60762000 2337000 630990 78874 3046864 2016 I 58425000 2337000 607620 75953 3020573 II 56088000 2337000 584250 73031 2994281 2017 I 53751000 2337000 560880 70110 2967990 II 51414000 2337000 537510 67189 2941699 2018 I 49077000 2337000 514140 64268 2915408 II 46740000 2337000 490770 61346 2889116 2019 I 44403000 2337000 467400 58425 2862825 II 42066000 2337000 444030 55504 2836534 2020 I 39729000 2337000 420660 52583 2810243 II 37392000 2337000 397290 49661 2783951 2021 I 35055000 2337000 373920 46740 2757660 II 32718000 2337000 350550 43819 2731369 2022 I 30381000 2337000 327180 40898 2705078 II 28044000 2337000 303810 37976 2678786 2023 I 25707000 2337000 280440 35055 2652495 II 23370000 2337000 257070 32134 2626204 2024 I 21033000 2337000 233700 29213 2599913 II 18696000 2337000 210330 26291 2573621 2025 I 16359000 2337000 186960 23370 2547330 II 14022000 2337000 163590 20449 2521039 2026 I 11685000 2337000 140220 17528 2494748 II 9348000 2337000 116850 14606 2468456 2027 I 7011000 2337000 93480 11685 2442165 II 4674000 2337000 70110 8764 2415874 2028 I 2337000 2337000 46740 5843 2389583 II 0 2337000 23370 2921 2363291 Jami 70110000 70110000 15140070 1892509 305532 210330 87658441
* kreditni tanlash davri prognoz hisoblanib, tovarni amalda yetkazib berish va moliyalashtirishning boshlanishiga bogʻliq boʻladi.
