Samarqand viloyati hokimligi boshqaruv apparati tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida (PQ-970-son)
03.10.2008
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
1. Samarqand viloyati hokimligi boshqaruv apparati tuzilmasida sanoat, tadbirkorlik, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha hokimning birinchi oʻrinbosari lavozimi tugatilsin hamda sanoat, tadbirkorlik, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xoʻjalik masalalari boʻyicha hokim oʻrinbosari lavozimi kiritilsin.
2. Samarqand viloyati hokimligi boshqaruv apparatining xodimlar cheklangan soni 48 kishidan iborat yangilangan tuzilmasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
* Ilova berilmaydi.
3. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 3-oktabr,
PQ-970-son
