Qimmatli qogʻozlar egalarining reyestri toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida (1911-son)
25.02.2009
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT MULKI QOʻMITASI HUZURIDAGI QIMMATLI QOGʻOZLAR BOZORI FAOLIYATINI MUVOFIQLASHTIRISH VA NAZORAT QILISH MARKAZI BOSH DIREKTORINING
buyrugʻi
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 25-fevralda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1911]
Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 30-martdagi 126-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq buyuraman:
1. Qimmatli qogʻozlar egalarining reyestri toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktori K. TOLIPOV
Toshkent sh.,
2009-yil 30-yanvar,
2009-05-son
Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi bosh direktorining 2009-yil 30-yanvardagi 2009-05-sonli buyrugʻi bilan TASDIQLANGAN
Qimmatli qogʻozlar egalarining reyestri toʻgʻrisida
NIZOM
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonunlari va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq aksiyalar egalari, korporativ obligatsiyalar egalari va infratuzilmaviy obligatsiyalar egalari reyestrini shakllantirish tartibini belgilaydi.
Mazkur Nizom talablari aksiyalar egalari reyestri va korporativ obligatsiyalar egalari reyestrini shakllantirish tartibiga tatbiq qilinadi.
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
anketa maʼlumotlari — roʻyxatga olingan qimmatli qogʻozlar egasini identifikatsiyalash imkonini beradigan maʼlumotlar;
qimmatli qogʻozlar egalarining reyestri (keyingi oʻrinlarda — reyestr) — roʻyxatdan oʻtkazilgan qimmatli qogʻozlar egalarining belgilangan sanadagi holatga koʻra shakllantirilgan, ularga qarashli egasining nomi yozilgan qimmatli qogʻozlar emitentining nomi, ushbu qimmatli qogʻozlarning soni, nominal qiymati, turi va xili, shuningdek reyestrda roʻyxatdan oʻtkazilgan shaxslarga axborot yuborish imkoniyatini beradigan maʼlumotlar koʻrsatilgan roʻyxati;
reyestrni shakllantirish toʻgʻrisida topshiriqnoma — belgilangan sanaga qimmatli qogʻozlar egalari reyestrini shakllantirish va berish toʻgʻrisida Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysiga (keyingi oʻrinlarda — Markaziy depozitariy) berilgan koʻrsatmani oʻz ichiga oluvchi emitentning yoki qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining topshirigʻi yoxud qonunchilik hujjatlariga muvofiq aksiyadorlarning yozma murojaati;
Markaziy depozitariyning soʻrovnomasi (keyingi oʻrinlarda — soʻrovnoma) — reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomada koʻrsatilgan sanaga qimmatli qogʻozlar egalari va ularga tegishli qimmatli qogʻozlar haqidagi maʼlumotlarni oshkor qilish toʻgʻrisida investitsiya vositachisiga berilgan koʻrsatmani oʻz ichiga oluvchi elektron soʻrovnoma;”;
qimmatli qogʻozlar egalarining roʻyxati — qimmatli qogʻozlar egalarining anketa maʼlumotlarini, egasiga tegishli boʻlgan qimmatli qogʻozlarning turi, tipi va sonini, shuningdek qimmatli qogʻozlarga yuklatishlar faktlariga doir maʼlumotlarni oʻz ichiga oladigan, belgilangan sanaga shakllantirilgan hujjat;
qimmatli qogʻozlar egasi — qimmatli qogʻozlar oʻziga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida tegishli boʻlgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
operatsiya kuni — Markaziy depozitariy yoki investitsiya vositachisi reglamentida belgilangan ish kunidagi depozitar operatsiyalar bajariladigan vaqt;
fond bozorida elektron hujjat aylanishi tizimi (keyingi oʻrinlarda — EHA tizimi) — qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchilari oʻrtasida elektron hujjatlarni shakllantirish, joʻnatish va qabul qilish, qayta ishlash va saqlash imkonini beruvchi, elektron hujjatlarni (axborotni) almashish uchun qoʻllaniladigan har bir qimmatli qogʻozlar bozori ishtirokchisining dasturiy-texnik vositalari majmui;
transfer-agent — qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish tizimiga taalluqli hujjatlarning qabul qilinishi, ularga ishlov berilishi va ularning oʻtkazilishi boʻyicha xizmatlar koʻrsatuvchi yuridik shaxs;
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi.
II. Reyestr yuritish tizimi
2. Reyestr yuritish tizimi Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilarining hisobga olish registrlaridagi yozuvlar yigʻindisidir.
3. Reyestr yuritish tizimida qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarning oluvchiga oʻtishi qimmatli qogʻozlar egalarining Markaziy depozitariy va (yoki) investitsiya vositachilaridagi depo hisobvaraqlari boʻyicha depozitar operatsiyalarni oʻtkazish yoʻli bilan depozitar operatsiyalar standartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Qimmatli qogʻozga boʻlgan huquqlar oluvchiga uning depo hisobvaragʻiga tegishli kirim yozuvi kiritilgan paytdan eʼtiboran oʻtadi va depo hisobvaragʻidan koʻchirma bilan tasdiqlanadi.
Qimmatli qogʻoz bilan tasdiqlanadigan huquqlar ushbu qimmatli qogʻozga boʻlgan huquqlar oʻtgan paytdan eʼtiboran oluvchiga oʻtadi.
4. Reyestrni shakllantirish Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilarining hisob registrlaridan:
emitent va u tomonidan chiqarilgan qimmatli qogʻozlar;
qimmatli qogʻozlar egalarining anketa maʼlumotlari, ularga tegishli boʻlgan qimmatli qogʻozlarning soni, nominal qiymati, turi, shuningdek qimmatli qogʻozlarga majburiyatlar yuklatilganligi faktlari toʻgʻrisidagi axborotlarni yigʻish va ishlov berish yoʻli bilan Markaziy depozitariy tomonidan amalga oshiriladi.
5. Reyestr emitentning qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobini amalga oshiruvchi Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilarining operatsiya kuni yakunida qimmatli qogʻozlar egalarining depo hisobvaraqlari holati boʻyicha reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomada koʻrsatilgan sanaga shakllantiriladi.
6. Reyestrda quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
a) emitent toʻgʻrisidagi axborot:
emitentning toʻliq va qisqartirilgan nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili), telefon raqami, elektron pochta manzili, emitentning rasmiy veb-sayti (ular mavjud boʻlgan taqdirda);
emitentning tashkiliy-huquqiy shakli, davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami, sanasi va organi, xizmat koʻrsatuvchi bank nomi, MFO kodi, talab qilib olinadigan depozit hisobvaragʻining raqami (milliy valyutadagi), soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, KTUT kodi;
mansabdor shaxslarning F.I.Sh. va ularning telefonlari;
ustav kapitali, chiqarilgan qimmatli qogʻozlarning umumiy soni, qimmatli qogʻozlarning nominal qiymati chiqarilishlarni joylashtirilgan qismining hajmini;
b) Markaziy depozitariy toʻgʻrisidagi axborot:
toʻliq va qisqartirilgan nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili), telefon, faks;
davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami, sanasi va organi, xizmat koʻrsatuvchi bank nomi, milliy va chet el valyutalaridagi talab qilib olinadigan depozit hisobvaraqlari raqami, MFO kodi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami, KTUT kodi;
mansabdor shaxslarning F.I.Sh. va ularning telefonlari;
v) emitentning qimmatli qogʻozlari chiqarilishlari toʻgʻrisidagi axborot:
Chiqarilish(lar)ning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan raqami va sanasi, roʻyxatdan oʻtkazish organi, chiqarilish(lar)ning tartib raqami, qimmatli qogʻozlarning turi va tipi, Markaziy depozitariyning kodifikatsiyasi boʻyicha qimmatli qogʻoz kodi, joylashtirish tugagan sanasi, chiqarilishdagi umumiy son;
g) emitentning qimmatli qogʻozlari toʻgʻrisidagi axborot:
Markaziy depozitariyning kodifikatsiyasi boʻyicha qimmatli qogʻoz kodi, qimmatli qogʻozlarning turi va tipi, qimmatli qogʻozlar har bir turi va tipining umumiy soni, joylashtirilgan qimmatli qogʻozlar soni, emissiya hisobvaragʻidagi joylashtirilmagan va qimmatli qogʻozlar emitentining ixtiyoriga kelib tushgan qimmatli qogʻozlar qoldigʻi;
d) qimmatli qogʻozlar egasi toʻgʻrisidagi axborot:
Deponentlarning yagona bazasidagi egasining kodi, qimmatli qogʻozlar egasining anketa maʼlumotlari, qimmatli qogʻozlarning (tipi boʻyicha taqsimlangan holdagi) soni, qimmatli qogʻozlarga majburiyatlar yuklatilganligi faktlari;
joylashtirilgan qismining foizi va ovozlar soni (aksiyalar uchun).
7. Qimmatli qogʻozlar egasining anketa maʼlumotlari quyidagilarni oʻz ichiga olishi kerak:
jismoniy shaxslar uchun — familiyasi, ismi, sharifi (oxirgisi mavjud boʻlgan taqdirda), shaxsini tasdiqlovchi hujjat turi, seriyasi, raqami, berilgan sanasi va bergan organ, roʻyxatdan oʻtgan yashash manzili va turar manzili, shuningdek telefon raqami, elektron pochta manzili, STIR kodi va bank rekvizitlari (ular mavjud boʻlgan taqdirda);
yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning toʻliq nomi, davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami va sanasi, roʻyxatga olishni amalga oshirgan organ nomi, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami va KTUT kodi (rezident uchun), uning joylashgan yeri (pochta manzili), bank rekvizitlari, shuningdek telefon raqami va elektron pochta manzili (ular mavjud boʻlgan taqdirda).
8. Reyestrda qimmatli qogʻozlarning egalari toʻgʻrisidagi axborot:
yuridik shaxslar;
jismoniy shaxslar;
investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar guruhlariga ajratilgan boʻlishi kerak;
9. Qimmatli qogʻozlar egasining reyestrni yuritish tizimidagi roʻyxatga olish raqami uning Deponentlar yagona bazasidagi kodi hisoblanadi.
10. “Oltin aksiya”ni joriy etish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan aksiyadorlik jamiyatining reyestriga davlat vakili ham kiritiladi.
11. Emitent toʻgʻrisidagi, emitent qimmatli qogʻozlarining chiqarilishlari, Markaziy depozitariy va qimmatli qogʻozlar egalarining anketa maʼlumotlari toʻgʻrisidagi axborotlar reyestrga Markaziy depozitariyning hisob registrlaridan kiritiladi.
12. Egalariga tegishli boʻlgan qimmatli qogʻozlarning soni, turi, tipi va qimmatli qogʻozlarga majburiyatlar yuklatilganligi faktlari, shuningdek qimmatli qogʻozlar egalarining manzillari va bank rekvizitlari toʻgʻrisidagi axborotlar reyestrga ushbu qimmatli qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olishni amalga oshiruvchi Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilarining hisob registrlaridan kiritiladi.
13. Reyestrni yuritish tizimining hujjatlari:
reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnoma;
Markaziy depozitariyning soʻrovi;
qimmatli qogʻozlar egalarining roʻyxatlari;
reyestr;
qabul qilingan topshiriqnomalar va soʻrovlar, shuningdek berilgan reyestrlarning hisobi qayd etiluvchi jurnallar.
14. Emitent, transfer-agent, Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilarining oʻzaro hamkorligi qonunchilik hujjatlari va shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
15. Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilarining qimmatli qogʻozlarning egasi bilan oʻzaro hamkorligi shartnomaga muvofiq amalga oshiriladi.
III. Reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnoma
16. Reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnoma Markaziy depozitariyga emitentning ijroiya organi tomonidan yuboriladi, mazkur Nizomda belgilangan hollar bundan mustasno.
17. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining soʻrovnomasi boʻyicha reyestrni shakllantirish soʻrovnomada koʻrsatilgan muddatlarda, topshiriqnoma tuzilmasdan amalga oshiriladi. Qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining soʻrovnomasi boʻyicha reyestrni shakllantirish va taqdim etishning rad etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
18. Reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnoma topshiriqnomani yuborgan tashkilot rahbarining imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
19. Emitentning ijroiya organi nomidan reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomani vakolatli shaxslar imzolari namunalari bilan emitentning emissiya hisobvaragʻining kartochkasi mavjud boʻlgan taqdirda Markaziy depozitariy tekshirish va bajarish uchun qabul qiladi.
20. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish uchun aksiyalar egalarining reyestrlarini shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnoma Markaziy depozitariyga aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan sanadan uch ish kunidan kechiktirilmasdan taqdim etiladi (yuboriladi) va oʻz ichiga quyidagilarni olishi lozim:
emitentning nomi;
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishini oʻtkazish sanasi;
umumiy yigʻilishning yillik yoki navbatdan tashqari ekanligi toʻgʻrisidagi koʻrsatma;
aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish toʻgʻrisida xabardor qilish uchun jamiyat aksiyadorlari reyestrini shakllantirish sanasi;
aksiyadorlar umumiy yigʻilishida qatnashish huquqiga ega jamiyat aksiyadorlarining reyestrini shakllantirish sanasi.
201. Agar aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan chaqirilayotgan boʻlsa, jamiyat aksiyalari egalarining reyestrini shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnoma bevosita aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan Markaziy depozitariyda rasmiylashtiriladi. Bunda Markaziy depozitariyga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
ushbu Nizomning 20-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan imzolangan topshiriqnoma;
aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisida jamiyatga yozma talabnoma taqdim etilgan sana holatiga aksiyadorning (aksiyadorlarning) jamiyat ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qilishini tasdiqlovchi aksiyador (aksiyadorlar) depo hisobvaragʻidan koʻchirma;
aksiyador (aksiyadorlar) — jismoniy shaxsning pasport nusxasi, uning vakili murojaat qilgan taqdirda vakilning pasport nusxasi, notarial tasdiqlangan ishonchnomani yoki vakillikni tasdiqlovchi boshqa hujjatni ilova qilgan holda;
aksiyador (aksiyadorlar) — yuridik shaxs vakilining pasport nusxasi, mazkur yuridik shaxs tomonidan berilgan ishonchnomani, rahbarga nisbatan esa — lavozimga tayinlash toʻgʻrisidagi qarorni ilova qilgan holda;
kuzatuv kengashiga (yoki jamiyat ustavida aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish masalasini hal etish vakolati berilgan muayyan shaxs yoki jamiyatning boshqaruv organiga) yuborilgan aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisidagi yozma talabnomaning nusxasi, uning qabul qilib olinganligini tasdiqlovchi belgi bilan;
aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirishni rad etish toʻgʻrisidagi kuzatuv kengashi (yoki jamiyat ustavida aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish masalasini hal etish vakolati berilgan muayyan shaxs yoki jamiyatning boshqaruv organi) qarori yoxud xati nusxasi, agar mavjud boʻlsa.
Agar reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnoma aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirayotgan ikki va undan ortiq aksiyador tomonidan imzolansa, topshiriqnomada shakllantirilgan reyestr beriladigan aksiyadorning yoki uni vakilining familiyasi, ismi, otasining ismi toʻliq koʻrsatiladi.
21. Qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa korporativ harakatlarni amalga oshirish maqsadida aksiyalar egalari reyestrini shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnoma emitent tomonidan Markaziy depozitariyga reyestr shakllantirilishi kerak boʻlgan sanagacha besh ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etiladi va oʻz ichiga quyidagilarni olishi lozim:
emitentning nomi;
oʻtkazilayotgan korporativ harakat turi;
reyestrni shakllantirish sanasi.
22. Obligatsiya reyestrini shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnoma emitent tomonidan Markaziy depozitariyga reyestr shakllantirilishi kerak boʻlgan sanagacha besh ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etiladi va oʻz ichiga quyidagilarni olishi lozim:
emitentning nomi;
obligatsiyalarning tipi va chiqarilishning tartib raqami;
reyestrni shakllantirish sanasi.
23. Mazkur Nizomning 20—22-bandlarida nazarda tutilmagan holatlarda reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnoma emitent tomonidan Markaziy depozitariyga reyestr shakllantirilishi kerak boʻlgan sanagacha besh ish kunidan kechiktirmasdan taqdim etiladi va oʻz ichiga quyidagilarni olishi lozim:
emitentning nomi;
reyestrni shakllantirish sanasi.
24. Reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomani qabul qilganidan soʻng, Markaziy depozitariy quyidagilarga tekshirishni amalga oshiradi:
topshiriqnomani imzolagan shaxsning imzosini kartochkada koʻrsatilgan emitentning vakolatli shaxslarining imzolari namunalari bilan muvofiqligi;
topshiriqnomada mazkur Nizomning 20—23-bandlariga muvofiq zaruriy axborotning mavjudligi.
241. Ovoz beruvchi aksiyalarning kamida besh foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomaga ilova qilingan hujjatlar mazkur Nizomning 201–bandiga muvofiqligini, shuningdek aksiyadorda (aksiyadorlarda) kerakli miqdorda ovoz beruvchi aksiyalar mavjudligini Markaziy depozitariy tekshiradi.
25. Quyidagi holatlarda Markaziy depozitariy reyestrni shakllantirishni rad etadi:
topshiriqnomani imzolagan shaxsning imzosini kartochkada koʻrsatilgan emitentning vakolatli shaxslarining imzolari namunalari bilan muvofiq kelmagan taqdirda;
taqdim etilgan topshiriqnomada mazkur Nizomning 20—23-bandlariga muvofiq barcha zaruriy axborotlar mavjud boʻlmagan taqdirda;
mazkur Nizomning 201-bandida koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilmaganda, shuningdek navbatdan tashqari umumiy yigʻilishni chaqirayotgan aksiyador (aksiyadorlar) emitent ovoz beruvchi aksiyalarining kamida besh foiziga egalik qilmaganda;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa holatlarda.
Markaziy depozitariy boshqa sabablarga asosan reyestrni shakllantirishni rad etishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
26. Markaziy depozitariyning reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomani bajarishni rad etishi reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnoma kelib tushgan sanadan boshlab besh kundan kechiktirmasdan yuboriladi. Topshiriqnomani bajarishni rad etish asoslangan, yozma shaklda tuzilgan, Markaziy depozitariyning vakolatli shaxsi tomonidan imzolangan boʻlishi kerak.
27. Reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomani bajarishni asoslanmagan holda rad etish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
IV. Reyestrni shakllantirish tartibi
28. Reyestr quyidagi hollarda shakllantiriladi:
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisida aksiyadorlarni xabardor qilish maqsadida aksiyadorlar umumiy yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanaga, yigʻilish aksiyador (aksiyadorlar) tomonidan chaqirilgan hollarda Markaziy depozitariyga reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnoma taqdim etilgan sanaga;
aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish huquqini berishga aksiyadorlar umumiy yigʻilishini oʻtkazish sanasidan uch ish kuni oldin;
korporativ harakatlarni oʻtkazish uchun;
obligatsiyalar boʻyicha daromadlarni hisoblash yoki toʻlash uchun;
qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organining soʻrovnomasi boʻyicha;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatli davlat organlarining soʻrovnomalari boʻyicha reyestrdan axborotni oshkor qilinishi uchun.
29. Mazkur Nizomning 28-bandida koʻrsatilmagan boshqa holatlarda reyestr emitent ijroiya organining topshiriqnomasiga asosan, kuzatuv kengashining qarori mavjud boʻlgan kuzatuv kengashining bayonnomasidan koʻchirma ilova qilingan holda, shakllantiriladi.
30. Mazkur Nizomda belgilangan tartibda taqdim etiladigan reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnoma yoki vakolatli davlat organining soʻrovnomasi reyestrni shakllantirishga asos boʻladi.
31. Reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnoma kelib tushgandan keyin Markaziy depozitariy tegishli investitsiya vositachilariga soʻrovnomani shartnomalarda oʻrnatilgan tartib va shaklda, shuningdek muddatlarda yuboradi.
35. Markaziy depozitariyning soʻrovnomasi investitsiya vositachisiga qimmatli qogʻozlar egalari roʻyxatini taqdim etishga asos boʻladi.
36. Investitsiya vositachisi qimmatli qogʻozlar egalari roʻyxatini Markaziy depozitariy tomonidan belgilangan format va tarkib boʻyicha taqdim etadi.
37. Markaziy depozitariy tomonidan reyestrni shakllantirish faqatgina tegishli investitsiya vositachilaridan mazkur emitent qimmatli qogʻozlari egalarining roʻyxatlari qabul qilinganidan soʻng amalga oshiriladi.
39. Reyestrni shakllantirish hujjatsiz qimmatli qogʻozlar boʻyicha topshiriqnomada koʻrsatilgan sanaga Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilari hisob registrlaridan qimmatli qogʻozlar egalari depo hisobvaraqlaridagi qimmatli qogʻozlar qoldiqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni yigʻish va qayta ishlash orqali amalga oshiriladi.
Egalari nomaʼlum boʻlgan yozilmagan hujjatsiz shaklga konvertatsiyalangan hujjatli qimmatli qogʻozlar, Markaziy depozitariyning maxsus depo hisobvaragʻida umumlashtirilgan holda aks ettiriladi va Reyestrda joylashtirilgan deb hisoblanadi.
40. Investitsiya vositachisi tomonidan qimmatli qogʻozlar egalari roʻyxatini soʻrovnomada koʻrsatilgan muddatda taqdim etilmagan taqdirda Markaziy depozitariy shu haqda bir ish kunidan kechiktirmasdan emitent va qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organini ogohlantirishi shart.
41. Reyestrni shakllantirishda Markaziy depozitariyning investitsiya vositachilari bilan oʻzaro munosabatlari maʼlumotlarni qabul qilish, topshirish va qayta ishlash orqali amalga oshiriladi.
42. Markaziy depozitariy tomonidan shakllantirilgan va undan olingan reyestrga oʻzgartirishlar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
43. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida qatnashish huquqiga ega boʻlgan shakllantirilgan jamiyat aksiyadorlarining reyestriga oʻzgartirishlar faqat mazkur reyestr shakllantirilgan sanada unga kiritilmay qolgan shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan yoki reyestrni shakllantirishda yoʻl qoʻyilgan xatolarni tuzatish hollardagina kiritilishi mumkin.
44. Qimmatli qogʻozlar egalarining buzilgan huquqlarini tiklash va xatolarni tuzatish unga xizmat koʻrsatuvchi Markaziy depozitariy yoki investitsiya vositachisida egasining depo hisobvaragʻi boʻyicha qimmatli qogʻozlar bilan zaruriy operatsiyalarni oʻtkazish qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechikmay amalga oshiriladi.
45. Investitsiya vositachisi Markaziy depozitariyga qimmatli qogʻozlar egalarining roʻyxatini Markaziy depozitariy bilan shartnomada oʻrnatilgan tartib va shaklda, shuningdek muddatlarda taqdim etadi.
451. Reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnoma Markaziy depozitariy tomonidan tegishli investitsiya vositachilaridan emitentning qimmatli qogʻozlari egalarining roʻyxatlari qabul qilinganidan soʻng bir ish kuni davomida bajariladi.
V. Reyestrni berish tartibi
46. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisida aksiyadorlarni xabardor qilish uchun reyestr mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq elektron hujjat koʻrinishida shakllantiriladi.
47. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida ishtirok etish va obligatsiyalar boʻyicha daromadlarni toʻlash uchun reyestr reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomadan kelib chiqqan holda mazkur Nizomning 1 va 2-ilovalariga muvofiq elektron yoki qogʻoz hujjat koʻrinishida tegishlicha shakllantiriladi.
48. Elektron hujjat koʻrinishidagi reyestr elektron hujjatlar aylanmasi EHA tizimi yoki axborotni elektron tashish moslamasi orqali beriladi.
Qogʻoz hujjat koʻrinishidagi reyestr vakolatli shaxsning yozma soʻrovnomasiga asosan beriladi.
49. Qogʻoz hujjat yoki axborotni elektron tashish moslamadagi elektron hujjat koʻrinishdagi reyestr emitentga yoki uning transfer-agentiga ishonchnoma asosida beriladi, yoki pochta orqali yuboriladi.
50. Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi oʻtkazilishi toʻgʻrisida aksiyadorlarni xabardor qilish va unda ishtirok etish uchun reyestrlar Markaziy depozitariy tomonidan quyidagicha beriladi:
elektron pochta orqali elektron hujjat koʻrinishida reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomani bajarish sanasidan soʻng bir ish kunidan kechiktirmasdan;
elektron tashuvchi qurilmada elektron hujjat koʻrinishida reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomani bajarish sanasidan soʻng ikki ish kunidan kechiktirmasdan;
qogʻoz hujjat koʻrinishida reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomani bajarish sanasidan soʻng ikki ish kunidan kechiktirmasdan.
52. Boshqa holatlarda reyestr Markaziy depozitariy tomonidan quyidagicha beriladi:
elektron hujjat koʻrinishida reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomani bajarish sanasidan soʻng besh ish kunidan kechiktirmasdan;
qogʻoz hujjat koʻrinishida reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomani bajarish sanasidan soʻng yetti ish kunidan kechiktirmasdan.
53. Reyestrni berish Markaziy depozitariy va emitent oʻrtasida tuzilgan emissiyaviy shartnomada koʻrsatilgan usul bilan amalga oshiriladi.
55. Reyestrni berish sanasi, reyestrni berish usuli reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomalarni qabul qilish va reyestrni berish jurnalida qayd etiladi. Jurnal xronologik tartibda yuritiladi. Markaziy depozitariy jurnalni qogʻoz ham, elektron koʻrinishlarda ham yuritishi mumkin.
56. Markaziy depozitariyning reyestrni shakllantirgan javobgar shaxsining elektron raqamli imzosi bilan imzolangan elektron hujjat koʻrinishidagi reyestr elektron pochta yoki axborotni elektron tashish moslamasi orqali beriladi.
VI. Emitent, Markaziy depozitariy va investitsiya vositachisining majburiyatlari
57. Aksiyadorlik jamiyati boʻlgan emitent qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda bir oydan kechiktirmasdan Markaziy depozitariy bilan shartnoma tuzishi va u bilan hamkorlikni taʼminlashi shart:
mazkur Nizom kuchga kirgunga qadar tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari uchun — mazkur Nizom kuchga kirgan sanadan boshlab;
mazkur Nizom kuchga kirganidan soʻng tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlari uchun — yuridik shaxs sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab.
58. Emitent oʻz vaqtida Markaziy depozitariyga:
emissiyaviy shartnoma va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomani imzolash huquqiga ega boʻlgan vakolatli shaxslarning oʻzgarganligi toʻgʻrisida;
transfer-agentning mavjudligi yoki uning almashganligi toʻgʻrisida;
transfer-agent vakolatlarining tugatilganligi toʻgʻrisida;
emitent nomidan reyestrni olish huquqiga ega boʻlgan shaxslarning oʻzgarganligi toʻgʻrisida;
oʻzining joylashgan yeri (pochta manzili), telefon raqami, elektron pochta manzili, emitent rasmiy veb-sayti, shuningdek mazkur Nizomning 6-bandida keltirilgan boshqa maʼlumotlarning oʻzgarganligi toʻgʻrisida yozma ravishda axborot berishi shart.
59. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishini chaqirayotgan shaxslar tomonidan olingan Markaziy depozitariy tomonidan shakllantirilgan reyestr aksiyadorlar umumiy yigʻilishi oʻtkazilganidan soʻng oʻn kun ichida, agar umumiy yigʻilish oʻtkazilmagan boʻlsa reyestr Markaziy depozitariydan olingan sanadan oʻttiz kundan kechikmasdan emitentga saqlash uchun taqdim etiladi.
Emitent reyestrni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartib va muddatlarda saqlashi shart.
60. Aksiyadorlar umumiy yigʻilishida qatnashish uchun shakllantirilgan reyestr vakolatli shaxsga berilgandan soʻng yigirma kun davomida Markaziy depozitariy reyestrning qogʻoz shaklidagi bir nusxasini, shakllantirilgan reyestrga oʻzgartirishlar kiritilgan taqdirda, bunday holatlar toʻgʻrisidagi axborotni qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga taqdim etadi.
61. Emitent:
topshiriqnomada koʻrsatilgan reyestrni shakllantirish sanasini toʻgʻri belgilanganligiga;
reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomani Markaziy depozitariyga oʻz vaqtida taqdim etilishiga;
reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomada mavjud boʻlgan axborotning haqiqiyligiga;
reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnomadagi mansabdor shaxslarning imzolari haqiqiyligiga;
reyestrda mavjud boʻlgan maxfiy axborotni oshkor etilganiga javobgardir.
62. Markaziy depozitariy:
investitsiya vositachilardan qimmatli qogʻozlar egalari roʻyxatlarini, shuningdek aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishini chaqirayotgan aksiyadorning (aksiyadorlarning) yetarli miqdorda ovoz beruvchi aksiyalarga egalik qilish tasdigʻini talab etish va olishga;
investitsiya vositachilardan qimmatli qogʻozlar egalari hisobvaraqlari boʻyicha oʻtkazilgan operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni va ularni oʻtkazish uchun asos boʻlgan hujjatlar nusxalarini talab etish hamda olishga;
investitsiya vositachilardan qimmatli qogʻozlar egalarining anketa maʼlumotlariga oʻzgartirishlar kiritilganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalarini talab etish hamda olishga haqli.
63. Markaziy depozitariy:
har hafta, haftaning har birinchi ish kunida qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organiga berilgan reyestrlar toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etishga;
mazkur Nizomda belgilangan tartibda reyestrni shakllantirishni taʼminlashga;
u tomonidan shakllantirilgan reyestrlarni elektron hujjat koʻrinishida doimiy saqlashga;
reyestrlardagi mavjud axborotning maxfiyligini taʼminlashga majbur, qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
64. Reyestrni shakllantirish davomida Markaziy depozitariy mazkur Nizom meʼyorlari va investitsiya vositachilari bilan oʻzaro hamkorlik tartibiga rioya etilishiga javobgardir.
65. Markaziy depozitariy reyestrlardagi axborotni monopoliyaga qarshi davlat organiga, davlat soliq xizmati organlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosiga, sudlarga, agar bu ularning vakolati doirasida boʻlsa, qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻlgan taqdirda esa tergov va surishtiruv organlariga ularning yozma farmoyishi asosida oshkor qiladi.
66. Markaziy depozitariy:
emitent tomonidan reyestrni shakllantirish toʻgʻrisidagi topshiriqnoma oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi munosabati bilan reyestrni shakllantirish va berishning kechiktirilganligiga;
investitsiya vositachilaridan olingan axborotning toʻgʻriligiga javobgar boʻlmaydi.
67. Investitsiya vositachisi:
qimmatli qogʻozlar egalari roʻyxatini Markaziy depozitariyning soʻrovnomasida koʻrsatilgan muddatda va toʻliq hajmda taqdim etishga;
Markaziy depozitariyning soʻrovnomasiga binoan qimmatli qogʻozlar egalari roʻyxatini taqdim etishga;
Markaziy depozitariydan olingan bildirishnomalar asosida unda hisobda turgan qimmatli qogʻozlar va ularning emitentlari rekvizitlariga oʻzgartirishlar kiritishga;
Markaziy depozitariydan olingan bildirishnomalar asosida qimmatli qogʻozlar egasining anketa maʼlumotlariga oʻzgartirishlar kiritishga majbur.
68. Investitsiya vositachisi:
qimmatli qogʻozlar egalari roʻyxatini taqdim etishni rad etganligi;
Markaziy depozitariyga qimmatli qogʻozlar egalari roʻyxatini oʻz vaqtida taqdim etmaganligi;
Markaziy depozitariyga taqdim etilgan qimmatli qogʻozlar egalari roʻyxatlaridagi maʼlumotlarni oʻzining hisob registrlaridagi mavjud boʻlgan maʼlumotlariga nomuvofiqligi;
tasdiqlovchi hujjatlarsiz qimmatli qogʻozlar egasining anketa maʼlumotlariga oʻzgartirishlar kiritishi uchun javobgar, Markaziy depozitariyning bildirishnomasi asosida oʻzgartirishlar kiritish hollari bundan mustasno.
69. Investitsiya vositachisi tomonidan reyestrni shakllantirish uchun zarur boʻlgan qimmatli qogʻozlar egalari roʻyxatini taqdim etishni asossiz rad etish qonunchilik hujjatlarini qoʻpol ravishda buzilishi hisoblanadi va qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda unga berilgan litsenziyaning amal qilishini toʻxtatilishiga sabab boʻladi.
70. Agar qimmatli qogʻozlar egasi oʻzining anketa maʼlumotlarini oʻzgarganligi toʻgʻrisida va bu haqda oʻz vaqtida tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan boʻlsa, uning reyestrdagi anketa maʼlumotlari aniqligiga investitsiya vositachisi javobgar boʻlmaydi.
VII. Yakuniy qoidalar
72. Mazkur Nizom talablarining buzilishiga aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladi.
73. Emitent, transfer-agent, Markaziy depozitariy va investitsiya vositachilari reyestrdagi maʼlumotlarning toʻliqligi va ishonchliligi uchun solidar javobgar boʻladi hamda oʻzining harakatlari (harakatsizligi) tufayli qimmatli qogʻozlar egalariga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplashi shart.
Emitent, transfer-agent, Markaziy depozitariy va investitsiya vositachisi oʻrtasidagi nizolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
74. Ushbu Nizom talablariga amal qilinishi boʻyicha nazoratni qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi amalga oshiradi.
75. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan.
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULASHOV
Toshkent sh.,
2009-yil 30-yanvar
Qimmatli qogʻozlar egalarining reyestri toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
20__ yil “____” ____________ holati boʻyicha aksiyadorlar REYESTRI (operatsiya kunining yakuni) Emitent toʻgʻrisidagi axborot: Toʻliq nomi: Qisqacha nomi: Emitentning tipi: Joylashgan yeri (pochta manzili): Telefon: Faks: Elektron pochta manzili: Veb-sayt: Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan raqami: Roʻyxatdan oʻtkazilgan sana: Davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organ: Bankning nomi: Dep. h/v r: MFO: STIR: KTUT: Birinchi shaxsning F.I.Sh.: Lavozimi: Telefon: Ikkinchi shaxsning F.I.Sh.: Lavozimi: Telefon: Ustav kapitali (shakllangan): (soʻmda) Chiqarilishning hajmi: (soʻm) Aksiyalar soni: (dona) Nominal qiymati: Chiqarilishlarni joylashtirilgan qismining (JQ) umumiy hajmi: (soʻm) Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi toʻgʻrisida axborot: Toʻliq nomi: Qisqacha nomi: Joylashgan yeri (pochta manzili): Telefon: Faks: Elektron pochta manzili: Veb-sayt: Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan raqami: roʻyxatdan oʻtkazilgan sana: davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organ: Bankning nomi: dep. h/v r: MFO: STIR: KTUT: Birinchi shaxsning F.I.Sh.: Lavozimi: Telefon: Ikkinchi shaxsning F.I.Sh.: Lavozimi: Telefon: Ushbu reyestr kimga berilgan: ___________________________________________ Reyestr berilishi uchun asos (topshiriqning raqami va sanasi): _______________
Emitentning (aksiyalar) chiqarilishlari boʻyicha axborot: Chiqarilishning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan raqami Chiqarilishning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi Davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organi Chiqarilish raqami QQ turi QQ kodi Joylashtirish tugagan sana Chiqarilishdagi soni JAMI: Emitentning qimmatli qogʻozlari boʻyicha axborot: QQ kodi QQ turi Qimmatli qogʻozlar soni joylashtirildi (egalarining hisobvaragʻlarida) emissiyaviy hisobvaragʻi boʻyicha qoldiq chiqarilishning umumiy hajmida hammasi hammasi shu bilan birga joylashtirishda JAMI: Tartib raqami Egasining tipi Egasining deponentlar Yagona bazasidagi kodi Egasining nomi Aksiyalarning umumiy soni Majburiyatlar yuklatilgan oddiy aksiyalar soni Majburiyatlar yuklatilgan imtiyozli aksiyalar soni Majburiyatlar yuklatilmagan oddiy aksiyalar soni Majburiyatlar yuklatilmagan imtiyozli aksiyalar soni 1 2 3 4 5 6 7 8 9 Egasining STIR kodi Egasining KTUT kodi Egasini identifikatsiyalovchi hujjat (davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi) Hujjat raqami Hujjat seriyasi Hujjat berilgan sana Hujjatni bergan organ MHBT yuridik kodi (qayd etilgan) Egasining pochta manzili (qayd etilgan) MHBT joylashgan joy kodi (yashash joyi) 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 Turar joy manzili (yashash joyi) Egasining telefon raqami Elektron pochta manzili Chiqarilishlarni JQdan foiz Egasining depozit hisobvaragʻining raqami Bankning nomi Bankning MFO kodi Qoʻshimcha axborot 20 21 22 23 24 25 26 27
Izoh: fayl topshirilayotganda reyestrni shakllantirgan shaxsning elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi.
20__ yil “____” ____________ holati boʻyicha obligatsiyalar egalarining REYESTRI (operatsiya kunining yakuni) Emitent toʻgʻrisidagi axborot: Toʻliq nomi: Qisqacha nomi: Emitentning tipi: Joylashgan yeri (pochta manzili): Telefon: Faks: Elektron pochta manzili: Veb-sayt: Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan raqami: Roʻyxatdan oʻtkazilgan sana: Davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organ: Bankning nomi: Dep. h/v r: MFO: STIR: KTUT: Birinchi shaxsning F.I.Sh.: Lavozimi: Telefon: Ikkinchi shaxsning F.I.Sh.: Lavozimi: Telefon: Chiqarilishning hajmi: (soʻm) obligatsiyalar soni (dona): Nominal qiymati: Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi toʻgʻrisida axborot: Toʻliq nomi: Qisqacha nomi: Joylashgan yeri (pochta manzili): Telefon: Faks: Elektron pochta manzili: Veb-sayt: Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan raqami: roʻyxatdan oʻtkazilgan sana: davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organ: Bankning nomi: dep. h/v r: MFO: STIR: KTUT: Birinchi shaxsning F.I.Sh.: Lavozimi: Telefon: Ikkinchi shaxsning F.I.Sh.: Lavozimi: Telefon: Ushbu reyestr kimga berilgan: ___________________________________________ Reyestr berilishi uchun asos (topshiriqning raqami va sanasi): _______________
Emitentning chiqarilishlari boʻyicha axborot: Chiqarilishning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan raqami Chiqarilishning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan sanasi Davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organi Chiqarilish raqami QQ turi QQ kodi Chiqarilishdagi soni JAMI: Emitentning qimmatli qogʻozlari boʻyicha axborot: QQ kodi QQ turi Qimmatli qogʻozlar soni joylashtirildi emissiyaviy hisobvaragʻi boʻyicha qoldiq hammasi JAMI: Tartib raqami Egasining nomi Egasining tipi Egasining deponentlar Yagona bazasidagi kodi Obligatsiyalarning umumiy soni Majburiyatlar yuklatilgan obligatsiyalar soni Majburiyatlar yuklatilmagan obligatsiyalar soni Egasining STIR kodi Egasining KTUT kodi 1 2 3 4 5 6 7 8 9 Egasini identifikatsiyalovchi hujjat (davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi) Hujjat raqami Hujjat seriyasi Hujjat berilgan sana Hujjatni bergan organ MHBT yuridik kodi (qayd etilgan) Egasining pochta manzili (qayd etilgan) MHBT joylash- gan joy kodi (yashash joyi) Turar joy manzili (yashash joyi) Egasining telefon raqami 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 Elektron pochta manzili Egasining depozit hisobvaragʻining raqami Bankning nomi Bankning MFO kodi Chiqarilishdagi foizi 20 21 22 23 24
Izoh: fayl topshirilayotganda reyestrni shakllantirgan shaxsning elektron raqamli imzosi bilan imzolanadi.
Qimmatli qogʻozlar egalarining reyestri toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
(“Egalari (yuridik shaxslar)” jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2009-yil 19-iyundagi 2009-36-sonli (roʻyxat raqami 1911-1, 20.07.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 30-31-son, 349-modda)
(“Egalari jismoniy shaxslar)” jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2009-yil 19-iyundagi 2009-36-sonli (roʻyxat raqami 1911-1, 20.07.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 30-31-son, 349-modda)
(“Investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilari” jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi Bosh direktorining 2009-yil 19-iyundagi 2009-36-sonli (roʻyxat raqami 1911-1, 20.07.2009-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 30-31-son, 349-modda)
